2-G7 sammiti Rambouillet II Puerto-Rikodagi iqtisodiy sammit | |
---|---|
Ikkinchi sammitda Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va AQSh delegatlari | |
Mezbon davlat | AQSh |
Sana | 1976-yil 27-28-iyun |
Oʻtkaziladigan joy(lar) | Dorado Beach Hotel (hozirgi Dorado Beach Resort) |
Ishtirokchilar |
Kanada Fransiya Germaniya Federativ Respublikasi Italiya Yaponiya Birlashgan Qirollik AQSh |
Keyingi | 3-G7 sammiti |
Avvalgi | 1-G6 sammiti |
2-G7 sammiti (Rambouillet II deb ham ataladi[1]) sammiti 1976-yil 27-28-iyun kunlari Puerto-Rikoning Dorado shaxrida boʻlib oʻtdi[2]. Sammit uchrashuvlari uchun joy deb Puerto-Rikoning San-Juan yaqinida joylashgan Dorado Beach mehmonxonasi, hozirgi Dorado Beach Resort tanlandi[3].
Avval Katta oltilik sanoati rivojlangan eng boy mamlakatlar: Fransiya, Gʻarbiy Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va Qoʻshma Shtatlar rahbarlari va ilk bor ishtirok etayotgan Kanadani birlashtirgan norasmiy forum edi[4]. Ushbu sammit va undan keyin boʻladigan boshqa sammitlar kengroq xalqaro institutlar bilan rasmiy ravishda bogʻlanishi kerak emas edi. Va aslida, boshqa xalqaro uchrashuvlarning qatʼiy qarorlari sababli oʻziga xos umidsizlikka uchragan Fransiya prezidenti va Gʻarbiy Germaniya kansleri oʻrtasidagi hamkorlikning natijasi oʻlaroq tashkil etilgan edi[5].
G7 Kanada, Fransiya, Gʻarbiy Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya va AQSh rahbarlarining norasmiy yillik forumidir.
2-G7 sammiti Birlashgan Qirollik bosh vaziri James Callaghan uchun birinchi sammit boʻldi va ushbu sammitga Kanada qoʻshilganligi sababli Kanada Bosh vaziri Pierre Trudeau ham ishtirok etdi. Bu, shuningdek, Italiya Bosh vaziri Aldo Moro, Yaponiya Bosh vaziri Takeo Miki va AQSh prezidenti Gerald Ford uchun soʻnggi sammit boʻldi.
Sammitning birinchi sessiyasi soat 16:15 da boshlanib, 19:05 da yakunlangan boʻlsa, ikkinchi, soʻnggi sessiysa 9:00 dan 11:30 gacha rejalashtirilgan boʻlsada[6], yetakchilarning nutqi soat 15:00gacha davom etdi[3]. Har ikkala sessiya Dorado Beach mehmonxonasining Del Mar salonida boʻlib oʻtdi[6].
Ushbu sammit ishtirokchilari xalqaro forumning hozirgi asosiy aʼzolaridir[7][2][8]. Kanadalik Trudeau sakkiz yillik tajribaga ega boʻlgani uchun taklif qilingan edi.
G7 sammiti ishtirokchilari Mezbon davlat va yetakchisi qalin matn bilan koʻrsatilgan. | ||||
Aʼzolar | Vakil | Lavozimi | Amalga kelgan vaqti | |
---|---|---|---|---|
Kanada | Pierre Trudeau | Bosh vazir | 1968-yil | |
Fransiya | Valéry Giscard d'Estaing | Prezident | 1974-yil | |
Gʻarbiy Germaniya | Helmut Schmidt | Kansler | 1974-yil | |
Italiya | Aldo Moro | Bosh vazir | 1974-yil | |
Yaponiya | Takeo Miki | Bosh vazir | 1974-yil | |
Birlashgan Qirollik | James Callaghan | Bosh vazir | 1974-yil | |
Qoʻshma Shtatlar | Gerald Ford | Prezident | 1974-yil |
Sammit uning aʼzolari oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni hal qilish imkoniyat sifatida koʻrilgan. Amalda, sammit, shuningdek, uning a'zolari uchun qiyin iqtisodiy qarorlar oldida bir-birlariga oʻzaro dalda berish imkoniyati sifatida oʻylab topilgan[5].