„99 Problems“ | ||||
---|---|---|---|---|
Jay-Z qoʻshigʻi | ||||
„The Black Album“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 2004-yil 27-aprel | |||
Yozib olingan | 2003-yil iyul | |||
Studiya |
The Mansion Laurel Canyon, Los-Anjeles, Kaliforniya, AQSh Akademie Mathematique of Philosophical Sound Research Los-Anjeles, Kaliforniya | |||
Janr | Rap rock[1] | |||
Davomiyligi | 3:54 | |||
Leybl |
| |||
Matn muallif(lar)i |
| |||
Prodyuser(lar) | Rick Rubin | |||
Jay-Z xronologiyasi | ||||
|
„99 Problems“ („99 ta muammo“) amerikalik reper Jay-Z tomonidan The Black Album albomi uchun ijro etilgan qoʻshiqdir. 2004-yilda albomning uchinchi singli oʻlaroq chiqarildi. Ashulaning „I got 99 problems, but a bitch ainʼt one“ soʻzlaridan iborat boʻlgan naqorati Ice-T tomonidan Home Invasion (1993) albomi uchun ijro etilgan „99 Problems“ ashulasidan olingan. Bu naqorat Ice-T va Brother Marquis (2 Live Crew guruhi aʼzosi) oʻrtasida boʻlgan suhbat chogʻida oʻylab topilgan.[2] Marquis bu iboradan „Table Dance“ (1996) ashulasida ham foydalangan.
Qoʻshiq omma tomonidan xush qarshilandi. Billboard Hot 100 chartida 30-oʻrinni band etdi. Rolling Stone jurnaliga koʻra, ushbu ashula 2000-yillarning top 100 ashulasi roʻyxatidan 2-oʻrindan joy oldi, barcha zamonlarning eng buyuk 500 qoʻshigʻi roʻyxatida esa 172-oʻrinni egalladi.[3] Shuningdek, Pitchfork Mediaga koʻra, 2000-yillarning top 500 qoʻshigʻi roʻyxatida 24-oʻrinni, NMEga koʻra esa „oʻtgan 15 yilning eng yaxshi 150 treki“ roʻyxatida 24-pogʻonadan oʻrin oldi.[4]
Chart (2004) | Chart oʻrni |
---|---|
Olmoniya (Official German Charts)[5] | 67 |
Irlandiya (IRMA)[6] | 23 |
Birlashgan Qirollik (UK Singles Chart)[7] | 12 |
Birlashgan Qirollik (UK R&B)[8] | 2 |
AQSh (Billboard Hot 100)[9] | 30 |
AQSh (Hot R&B/Hip-Hop Songs)[10] | 26 |
AQSh (Mainstream Top 40)[11] | 37 |
AQSh (Hot Rap Songs)[12] | 10 |
Chart (2004) | Chart oʻrni |
---|---|
Birlashgan Qirollik (UK Singles)[13] | 164 |