![]() McManus Fransiya terma jamoasi safida | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Abbie Mary McManus[1] | ||
Tavallud sanasi | 14-yanvar 1993-yil | ||
Tavallud joyi | Prestwich, Angliya[2] | ||
Boʻyi | 5 fut 8 inches (1.72 m)[1] | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Leicester City | ||
Raqami | 5 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Bury Girls | |||
Manchester City | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2009-2013 | Manchester City | 67 | (6) |
2013-2014 | Sheffield FC | 13 | (1) |
2014-2019 | Manchester City | 60 | (2) |
2019-2021 | Manchester United | 16 | (0) |
2021 | → Tottenham Hotspur (ijara) | 10 | (0) |
2021- | Leicester City | 19 | (1) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2016 | Angliya U23 | 6 | (0) |
2018- | Angliya | 17 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (24-may uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2020-yil 11-mart uchun) |
Abbie Mary McManus (talaffuzi: Ebbi Makmanus; 1993-yil 14-yanvarda tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, Angliya ayollar superligasining „Leicester City“ klubida va Angliya ayollar terma jamoasida himoyachisi sifatida oʻynaydi. 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoada Angliyani himoya qilgan.
Prestvichda tugʻilgan McManus akasi Scott bilan futbol oʻynashni boshlagan. U oʻgʻil bolalar jamoasiga, keyin Bury Girls jamoasiga qoʻshildi va u yerda 2008-yilda 16 yoshgacha boʻlganlar orasida eng yaxshi futbolchi deb topildi[3]. FA Ayollar Premer-ligasi Nothern Divizion klubi Manchester City bilan shartnoma imzoladi va 2011-12-yillarda Ligada gʻolib chiqishdi.
2013-yil avgust oyida McManus „Sheffield“ klubiga oʻtdi va klubdagi bir mavsumda 13 ta oʻyinda maydonga tushdi, Sheffild Angliya Premer-ligasi Shimoliy liga chempionligini qoʻlga kiritdi[4].
Shayx Mansur tomonidan homiylik qilingan „Manchester City“ 2014-yilda FA WSL franshizasi uchun muvaffaqiyatli taklif qilganida, McManus klubga qaytdi. 2014-yilning may oyida „ Etihad Stadium“da Evertonga qarshi oʻyinda „Manchester City“ safida debyut qilgan[5]. Klubdagi birinchi golini 2014-yilgi WSL kubogida "Liverpool "ga qarshi oʻyinda kiritdi[6]. Jamoa finalda „Arsenal“ni 1:0 hisobida magʻlub etib, WSL kubogini qoʻlga kiritdi[7].
2015-yil aprel oyida u 2015-16-yilgi Angliya ayollar kubogida ishtirok etdi[8]. „Manchester City“ yarim finalda „Chelsea“ga magʻlub boʻldi[9].
2016-yil avgust oyida toʻpigʻidan jarohat oldi va bu unga FA WSL 2016 mavsumining qolgan qismida oʻynashga toʻsqinlik qildi[10]. 2016-yilning dekabrida u yana „Manchester City“ bilan shartnoma imzoladi[11]. 2017-yilda UEFA Ayollar Chempionlar Ligasidagi debyutini „Manchester City“ „Fortuna Hjørring“ ustidan 1:0 hisobidagi gʻalabali oʻyinda oʻtkazdi[12][13]. Abbie 2018-yilning iyun oyida „Manchester City“ bilan shartnomasini uzaytirishga rozi boʻldi[14].
2019-yilning 17-may kuni McManus jamoada jami 12 yil oʻtkazganidan keyin „Manchester City“ni tark etishini eʼlon qildi[15]. Bir hafta oʻtgach esa 2019-20-yilgi mavsum oldidan „Manchester United“ klubiga oʻtishi eʼlon qilindi[16][17]. McManus 2019-yil 7-sentyabr kuni FA WSL doirasida „Manchester City“ga qarshi „Manchester United“ safida debyut qildi, ilk Manchester derbisida 1:0 hisobida magʻlub boʻldi[18]. Abbie klubdagi ilk golini 2020-yil 15-yanvarda Liga kubogi chorak finalida „Brighton & Hove Albion“ ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonganida urdi[19]. 2020/21-yilgi mavsum oxirida shartnomasi tugaganidan keyin „United“ni tark etdi[20].
2021-yil 21-yanvarda McManus mavsumning qolgan qismida ijara asosida „Tottenham“ga oʻynadi[21].
2021-yil 27-iyulda McManus FA WSLdagi birinchi mavsumi oldidan Ligaga yangi koʻtarilgan Leicester City bilan shartnoma imzoladi[22].
2018-yil fevral oyida McManus Asda supermarketida tuxum sotib olayotganida telefon qoʻngʻirogʻi boʻldi va unga Angliya terma jamoasiga birinchi chaqiruvi haqida xabar berishdi[23]. Turnirning ochilish oʻyinida, Fransiya ustidan 4:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda McManus 14-daqiqada Anita Asantening oʻrniga maydonga tushdi[24].
U Angliya terma jamoasining 2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichidagi muvaffaqiyatli ishtirokidagi oʻz oʻrnini saqlab qoldi[25].
2019-yil fevral oyida McManus oʻzining ketma-ket ikkinchi SheBelievesga chaqirildi va ikki oʻyinda maydonga tushdi, Angliya birinchi marta turnirda gʻolib chiqdi[26].
2019-yil iyun oyida McManus Angliya terma jamoasining 2019-yilda Fransiyada boʻlib oʻtadigan ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun 23 nafar futbolchidan iborat tarkibidan joy oldi. Uchta oʻyin oʻtkazdi, Angliya yarim finalga chiqdi[27].
Abbiening akasi Skott McManus ham futbolchi boʻlib, oxirgi marta ligada boʻlmagan Coalville Town jamoasida oʻynagan[28].
Abbiening doʻsti — GB milliy gandbolchisi va sobiq London 2012 Olimpiadachisi Holly Lam-Moores[29].
Klub | Mavsum | Liga | FA kubogi | Liga kubogi | Yevropa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Liga | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Manchester City | 2009-10[31] | WPL Northern | 12 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 13 | 0 | |
2010-11[32] | 20 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 20 | 2 | |||
2011-12[33] | 18 | 2 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 19 | 2 | |||
2012-13[34] | WPL National | 17 | 2 | 0 | 0 | 3 | 0 | — | 20 | 2 | ||
Jami | 67 | 6 | 0 | 0 | 5 | 0 | — | 72 | 6 | |||
Sheffield FC | 2013-14[35] | WPL Northern | 13 | 1 | 0 | 0 | 3 | 0 | — | 16 | 1 | |
Manchester City | 2014 | WSL 1 | 12 | 0 | 0 | 0 | 6 | 1 | — | 18 | 1 | |
2015 | 7 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | — | 12 | 0 | |||
2016 | 9 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 12 | 0 | ||
2017 | 3 | 0 | 0 | 0 | — | 4 | 0 | 7 | 0 | |||
2017-18 | 16 | 2 | 1 | 0 | 7 | 0 | 8 | 0 | 32 | 2 | ||
2018-19 | WSL | 13 | 0 | 1 | 0 | 5 | 0 | 2 | 0 | 21 | 0 | |
Jami | 60 | 2 | 5 | 0 | 23 | 1 | 14 | 0 | 102 | 3 | ||
Manchester United | 2019-20 | WSL | 11 | 0 | 1 | 0 | 6 | 1 | — | 18 | 1 | |
2020-21 | 5 | 0 | 0 | 0 | 2 | 1 | — | 7 | 1 | |||
Jami | 16 | 0 | 1 | 0 | 8 | 2 | 0 | 0 | 25 | 2 | ||
Tottenham Hotspur | 2020-21 | WSL | 10 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 12 | 0 | |
Leicester City | 2021-22 | WSL | 19 | 1 | 2 | 0 | 3 | 0 | — | 24 | 1 | |
Jami faoliyati | 185 | 10 | 10 | 0 | 42 | 3 | 14 | 0 | 251 | 13 |
Sheffild
Angliya