Abigail Phillip | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
25-noyabr 1988-yil[1] Virginia, U.S. |
Fuqaroligi | AQSh |
Taʼlimi | Bowie Yuqori Maktabi Maryland, Garvard Universtiteti, |
Kasbi | Jurnalist |
Turmush oʻrtogʻi | Markus Richerdson 2018-yilda turmush qurishgan |
Bolalari | 1 |
Abigel Daniella Fillip — amerikalik jurnalist, siyosiy muxbir va CNN kanalida hafta oxirida efirga uzariladigan koʻrsatuvlarda boshlovchi boʻlib ishlaydi.[2]U ilgari Washington Post, ABC News va Politico gazetalarida ishlagan.
Abigel Filipp 1988 yil 25-noyabrda Virjiniyada asli afro-Trinidadlik boʻlgan Jyun va Karlos Filliplar oilasida tugʻilgan. [3] Otasi Jyun Fillip rieltor, onasi Karlos Fillip esa oʻqituvchi va pedogogik psixolog boʻlib ishlagan. Uning beshta ukasi bor.
U bolaligida oila qisqa muddatga Trinidad va Tobagoga koʻchib oʻtdi va toʻqqiz yoshida AQShga qaytib keldi. [4] Abby Filipp Merilend shtatining Bowi shahrida katta boʻlgan va Bowie yuqori maktabida oʻqigan . [5][6] Dastlab tibbiyot sohasida oʻqishni xohlaganiga qaramasdan,[7]2010-yilda u Garvard universitetini davlat boshqaruvi yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatni tugatdi, [8] Garvardda Abby Fillip The Garvard Crimson talabalar gazetasida maqolalar yozar edi.[9]
Abby Filipp 2017-yilda CNN telekanaliga keldi va Tramp maʼmuriyatini yorita boshladi. [7] [10][11] CNNdan oldin u The Washington Post gazetasida ishlagan, u yerda asosan milliy siyosiy hisobotlar va umumiy topshiriqlar bilan shugʻillanar edi. [3] [12] U shuningdek, ABC News telekanalida ishlagan, u yerda Nyu-York shahridagi ABC News xodimi va raqamli muxbir boʻlgan va bir necha marta C-SPAN dasturida mehmon sifatida qatnashgan.. [13] Fillip oʻzining jurnalistik faoliyatini Oq uy muxbiri va Politico nashri uchun blogger sifatida boshlagan va saylov kampaniyasini moliyalashtirish va lobbichilik masalalarini yoritgan. [14][15] U vaqti-vaqti bilan PBS telekanalidagi "Washington Week" dasturida Robert Kosta bilan boshlovchilik qiladi . [16]
Abby Filipp 2020-yil 14-yanvarda Dreyk universitetida Demokratik partiya prezidentlik praymerizlarining yettinchi demokratik debatiga moderatorlik qildi. [17][18][19] U baʼzi odamlar tomonidan munozarani boshqarishda Berni Sandersga nisbatan adolatsiz munosabatda boʻlganligi uchun tanqid qilindi. [20][21][22]
2020 yilda u muhtaram Jessi Jeksonning 1988 yilgi Demokratik prezidentlikka nomzod boʻlish uchun kurashi haqida yozayotgan[23][24]The Dream Deferred kitobi uchun Flatiron Books bilan shartnoma tuzdi. Shartnomaga koʻra kitob 2022-yilda ommaga taqdim etilishi rejalashtirilgan. [25]
2021-yil 11-yanvarda Abby Fillip Inside Politics siyosiy tok-shouning yakshanba kuni ertalabki versiyasida Jon King o‘rniga 24-yanvaridan boshlab yangi boshlovchi sifatida ishtirok etishi eʼlon qilindi. (Jon King hafta kunlarida tok-shouni olib borishda davom etdi.) Dam olish kunlarida esa koʻrsatuv "Inside Politics Sunday With Abby Phillip " (Yaʼni Siyosat ichkarisi, Abby Fillip bilan) deb oʻzgartirildi. [26]
Abby Filipp Vashingtonda eri Markus Richardson bilan yashaydi. Filipp va Richardson 2018-yilning may oyida Lars Anderson uyida turmush qurishdi [2] Er-xotin 2021 yilda birinchi farzandlarini kutayotganliklarini eʼlon qilishdi [27] Abby Fillip Delta Sigma Theta ayollar jamiyatining faxriy aʼzosi.