Abdur Rab Jaunpuriy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 1875-yil |
Vafoti |
1935-yil Mollatala, Jaunpur, |
Dini | Islom |
Ota-onasi |
|
Mazhab | Sunniy |
Yurisprudensiya | Hanafiylik |
Oqim | Taiyuni |
Education | As-Savlatiya madrasasi |
Kasbi | Dinshunos, yozuvchi |
Qarindoshlar |
Karamat Ali Jaunpuriy (bobosi) Hofiz Ahmad Jaunpuriy (amakisi) Abdul Avval Jaunpuriy (amakis) Rashid Ahmad Jaunpuriy (amakivachchasi) |
ʿAbd ar-Rabb Jaunpuriy (urdu: عبد الرب جونپوری , bengalcha: আব্দুর রব জৌনপুরী ; 1875 — 1935-yil iyun) hind musulmon olimi, yozuvchi va oʻqituvchisi[1]. U bobosi Karamat Ali Jaunpuriy tomonidan asos solingan Taiyuni islohotchi harakati bilan bogʻlangan va 1899-yilda amakisi Hofiz Ahmad Jaunpuriydan keyin harakat yetakchisi boʻlgan.
Abdul Rab Jaunpuri 1875-yilda Britaniya Rajining shimoli-g‘arbiy provinsiyalarida joylashgan Mullatola, Jaunpur shahrida hindistonlik musulmon olim oilasida tug‘ilgan. Uning otasi Hofiz Mahmud Jaunpuriy oʻzining nasl-nasabini Qurayshning arab qabilasidan boʻlgan deya taʼkidlagan, Jaunpuriy esa birinchi Rashidun xalifasi Abu Bakrning 37-avlod toʻgʻridan-toʻgʻri avlodi boʻlgan. Jaunpuriyning bobosi Karamat Ali Jaunpuriy Taiyuni islohotchi harakatining asoschisi boʻlgan va Shimoliy Hindiston va Bengaliyada islomni targʻib qilgan[2]. Uning buyuk bobosi Abu Ibrohim Shayx Muhammad Imom Baxsh ibn Shayx Jarulloh Shoh Abdul Aziz Dehlaviyning shogirdi boʻlgan. Uning oila aʼzolarining koʻpchiligi ham islom ulamolari hisoblangan, masalan, amakilari Hofiz Ahmad Jaunpuriy va Abdul Avval Jaunpuriy shuningdek, amakivachchasi Rashid Ahmad Jaunpuriylar shular jumlasidandir.
Jaunpuriyning otasi u besh yoshida vafot etgan, shuning uchun u amakisi Hofiz Ahmad Jaunpuriy qoʻlida tarbiyalangan va taʼlim olgan. U bolaligida Qur’onni yod olgan, arab va fors tillarini puxta o‘rgangan. Maʼrifat ilmini oʻzlashtirgan[3].
Jaunpuriy amakisi bilan birga Bengaliyaning Bhola orolidagi Daulatxonda koʻplab diniy muassasalar tashkil etishda faolyat olib borgan. U langar xonadon tashkil etib, u hududdagi muhtoj odamlarni ovqat bilan taʼminlagan. Jaunpuriy Bengaliyaning koʻplab turli qismlarini kezib, ommaviy maʼruzalar oʻqiydi va u yerda koʻplab muxlislarga ega boʻladi[4]. U tashrif buyurgan ahamiyatli joylarga Sandvip va Barisal kiradi[5][6]. U urdu tilida Nafeul Xalaiq kabi kitoblar ham yozgan[7]. Keyingi avlod islom ulamolarining aksariyati Muhammad Ishoq va Abul Hasanat Muhammad Abdul Hayy kabilar uning muridlari boʻlgan[8][9].
Jaunpuriy 1935-yil iyun oyida oʻzining uyi — Jaunpurdagi Mullatola mahallasida vafot etadi, bu hudud oʻsha paytda Britaniya Hindistonining Birlashgan provinsiyalari ostida joylashgan edi[10].
Uning nasl-nasabi quyidagicha[8]:
<ref>
tag; name "tas" defined multiple times with different content