Abdulloh ibn Abbos ibn Siddiq | |
---|---|
عبد الله بن عباس بن صديق | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1853/1854 Makka, Habesh Eyalet, Ottoman Empire |
Vafoti |
4-noyabr 1907-yil Sana'a, Yemen Vilayet, Ottoman Empire |
Abdulloh ibn Abbos ibn Siddiq al-Hanafiy al-Makkiy (arabcha: عبد الله بن عباس بن صديق الحنفي المكي 1853/1854 — 1907-yil 4-noyabr) — Makkaning oxirgi hanafiy muftiysi. Abdulloh ibn Abbos ibn Jaʼfar ibn Abbos ibn Muhammad ibn Siddiq hijriy 1270-yili (1853/1854) Makkada tug‘ilgan. Qur’on yod olganidan keyin asosan fiqh, hadis va tafsir fanlaridan o‘qigan va otasidan ijoza olgan[1][2][3]. Shuningdek, Sayyid Ahmad Dahlon va Shayx Yusuf al-Xarbutiydan saboq olgan, Shayx Abu al-Xudayr Muhammad ibn Ibrohim al-Misriydan „ Musalsal bi’l-avvaliya“dan oʻrgangan[2][4]. Soʻbgra Masjidul Haromda dars berishga ruxsat oldi[4].
Hijriy 1311- (1893/1894)[5] yoki 1312-yillarda (1894/1895)[4] Sharif Avn ar-Rafiq tomonidan otasi Shayx Abbos va Ahmad Abu al-Xayr Mirdod bilan maslahatlashish sharti bilan hanafiylarga muftiy etib tayinlangan[1].
Sharif Ali 1907-yilda Sulton Abdulhamidning iltimosiga binoan Yamanga ulamolar delegatsiyasini, jumladan Abdulloh, Shayx al-Ulamo Muhammad Said Babasil, Shayx Solih Kamol va Shayx Muhammad Xayyotni Imom Yahyoni Usmoniylar imperiyasiga qarshi jihodni tugatishga ishontirish maqsadida yubordi. Shayx Abdulloh qaytmadi; 1325-yil 27-ramazon, dushanba kuni (1907-yil 4-noyabr) Sanoda soat 2 da Qur’on tilovat qilib vafot etdi[6][2][3].
Uning Mahdiy va Bakr ismli ikki o‘g‘li bo‘lib, ikkisi ham uning yoʻlidan ketmagan[7].