Abdulqodir Jiloniy الشيخ سيد عبد القادر الجيلاني | |
---|---|
Unvoni | Mufakkir al-Islom |
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 14-dekabr 1935-yil |
Dini | Islom |
Era | Zamonaviy |
Hudud | Janubiy Osiyo |
Yurisprudensiya | Hanafiy |
Imom | Sunniy |
Asosiy qiziqish(lar)i | Teologiya, huquqshunoslik, sufizm |
Abdulqodir Jiloniy (forscha: عبد القادر گیلانی, urdu: عبد القادر گیلانی Abdulqodir Giloniy) sunniy olim va huquqshunos. 1935-yil 14-dekabrda (Ramazon, hijriy 1354-yil) Pokistonning Ravalpindi shahridagi Sandhu Sayyidon nomli qishloqda tug‘ilgan. Otasi Valoyat Ali Shoh Giloniy va Abdulqodir Gʻiloniyning avlodidir[1]. Sharqiy Londonning Uolhemstou shahrida yashaydi.
2010-yilda Jiloniy o‘zining „Zubdah at-Tahqiq“ kitobini nashr etdi[2]. Urdu tilida yozilgan bu asarMuhammadning sahobalari va Abu Bakrning eng buyuk sahoba sifatidagi maqomi borasida sunniy ulamolar oʻrtasidagi ixtiloflar haqida.
2011-yil oktyabr oyida Jiloniy Buyuk Britaniyaning DM Digital telekanalidagi Rehmatul Lil Alameen dasturida mehmon sifatida ishtirok etdi. Eshittirish davomida Jiloniy 2011-yil boshida Panjob gubernatori Salman Tasirning otib oʻldirilganiga ishora qilib izoh berdi.
Shikoyatdan soʻng, Ofcom sharhlarni efirga uzatish orqali DM Digital Eshittirish kodeksining 3.1-qoidasini buzganligi haqida qaror chiqardi. Unda „Jinoyat sodir etishga undash yoki tartibsizlikka olib kelishi mumkin boʻlgan materiallar televideniye yoki radioga kiritilmasligi kerak“ligi belgilangan. Ofcom qaroriga koʻra, „Olimning soʻzlarini oqilona talqin qilinsa, u shaxsan barcha musulmonlar murtadlarga yoki Paygʻambarni haqorat qilgan deb hisoblanganlarga hujum qilish yoki oʻldirishga majbur ekanligini targʻib qilgan. Yuqorida keltirilgan islom ulamosi tomonidan aytilgan turli gaplarning efirga uzatilishi jinoyat sodir etishga undashi mumkin, deb hisoblandi“[3][4].
Bunga javoban Jiloniy Pokiston qonuni boʻyicha Muhammad siymosini haqorat qilganlar haqida fikr bildirayotganini aytdi. Bu holatda Jiloniy Pokiston sudi tomonidan gubernator Salman Tasirni oʻldirganlikda ayblanib oʻlimga hukm qilingan Mumtoz Qadrining ishini muhokama qilgan edi. Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, agar izohlar tom maʼnoda qabul qilingan boʻlsa, Jiloniyning izohlari Buyuk Britaniyadagi baʼzilar uchun haqoratli boʻlishi mumkin. Shuni aytish kerakki, nutq urdu tilida qilingan edi va Pokiston qonunlari, urf-odatlari va amaliyotlarini nazarda tutgan[5].