Masjid | |
Abidin masjidi | |
Mamlakat | Malayziya |
Terengganu federal davlati | Kuala Terengganu shahri |
Koordinatalar | 5°20′05″N 103°08′16″E / 5.3346°N 103.1379°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Masjid |
Binokorlik | 1793—1808 |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Abidin masjidi Vikiomborda |
Abidin masjidi (malaycha: Masjid Abidin) – Terengganu federal davlati (yoki sultonligi) qirollik masjidi. Bino Sulton Zainal Abidin II tomonidan 1793–1808-yillarda bunyod etilgan. Oq masjid yoki Katta masjid nomi bilan ham tanilgan Abidin masjidi Malayziyaning Terengganu federal davlati Kuala Terengganu shahrida joylashgan. Bino yaqinida qadimgi qirollik maqbarasi mavjud[1].
Abidin masjidi (Marhum masjidi deb ham ataladi) marhum Sulton Zainal Abidin II tomonidan 1793-yildan 1808-yilgacha boʻlgan vaqt mobaynida barpo etilgan. Masjidni qurishda yogʻochdan foydalanilgan, ammo Sulton Umar davrida – taxminan 1852-yilda masjid gʻishtdan qayta qurilgan. 1881-yilda Sulton Ahmad II ibni Yang Dipertua Muda Tengku Mahmud Sulton Zainal Abidin II davrida qurilgan eski gumbaz oʻrniga yangi gumbaz qurdirgan. Yangi taʼmirdan oʻtkazilgan masjidning ochilish marosimi hijriy 1298-yil (1881-yil) 1-jumadissoni, shanba kuni ertalab soat 7:00 da boʻlib oʻtadi. 1901-yilda Sulton Zainal Abidin III davrida masjid yana bir bor taʼmirlangan. Binoga tashrif buyuruvchilar soni ortib borayotganligi sababli bino hududi kengaytirilgan. Masjidga qoʻshimcha ravishda aylana shakldagi tosh ustunlar hamda uchta minora qurilgan[2].
Masjid 1972-yilda al-Sulton Ismoil Nosiriddinshoh davrida ham taʼmirdan oʻtkazilgan. Bino hududi ikki baravarga kengaytirilgan, baland minora va yangi gumbazlar qurilgan. Masjidning kirish eshiklari va panjaralariga Qurʼon oyatlari oʻyib ishlangan. Noyob usulda ishlov berilgan minbar janob Abdulqodir tomonidan bugungi kungi koʻrinishga keltirilgan[3].
Masjid hududiga qirol oilasi aʼzolari dafn etilgan.