Abu-l-Arab

Abu-l-Arab Muhammad ibn Ahmad ibn Tamim at-Tamimiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 864-874-yil (hijriy 250-260-yil)
Vafoti milodiy 945-yil (hijriy 333-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih, muhaddis, tarixchi

Abu-l-Arab (arabcha: أبو العرب — Abu-l-Arab Muhammad ibn Ahmad ibn Tamim at-Tamimiy) — molikiy faqihi, muhaddis va tarixchi.

Abu-l-Arab al-Qayravoniy hamda al-Mag‘­ribiy nisbalari bilan ham zikr qilinadi. Obro‘li oilaga mansub bo‘lgan Abu-l-Arabning katta bobosi Tammom xalifa Horun ar-Rashid (786-809-yillar) davrida Shimoliy Afrikada boshqaruv va harbiy vazifalarda faoliyat olib borgan, baʼzi voqealarda bevosita ishtirok etgan va maʼlum muddat Bag‘dodda hibsda ham bo‘lgan. Otasi esa ko‘proq ilm bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Abu-l-Arab yoshlik yillaridan ilmga rag‘bat qilgan. Shimoliy Afrikaning peshqadam olimlaridan Sahnunning shogirdi bo‘lgan. Shuningdek, Yahyo ibn Umar al-Andalusiy, Iso ibn Miskin, Himos ibn Marvon va Ibn al-Haddod al-Mag‘ribiy kabi faqihlardan taʼlim olgan. Abu-l-Abbos Tammom va Abu Jaʼfar Tamim nomli ikki o‘g‘li bilan birga Ibn Abu Zayd, Abu-l-Hasan ibn Ziyod, Hasan ibn Saʼid al-Harrot, Hasan ibn Mas’­ud, Muhammad ibn Horis al-Xushaniylar Abu-l-Arabdan taʼlim olganlar.

Abu-l-Arab fotimiylarning Tunisga kelishi va ag‘labiylarning ular bilan kurashishiga guvoh bo‘ladi. Murabbiylik, kotiblik bilan shug‘ullangan va manbalarda 3500 dan ortiq kitobni ko‘chirgani zikr qilingan.

  • Tabaqāt ’ulamā Ifrӣqiyya“. Molikiy mazhabi faqihi va hadis olimlarining tarjimai holiga oid mazkur asari vafotidan so‘ng shogirdi Muhammad ibn Horis al-Xushaniy tomonidan tamomlangan.
  • Kitāb al-mihan“. Sahoba, tobeʼin va Islom olimlarining hayoti haqidagi asar.
  • Ubbād Ifrӣqiyya ilā kitāb az-zu’a­fā“.
  • Sanad hadӣsi Mālik“.
  • Manāqib Tamӣm“.
  • Fazāil Mālik“.
  • Kitāb at-tahāra va-l-vuzu’“.
  • Kitāb al-janāiz va zikr al-mavt va ’azāb al-qabr“.
  • Kitāb fi-s-salāt“.
  • Tabaqāt ahl al-Qayravān[1].
  1. Abu Bakr al-Molikiy. Riyāz an-nufӯz. — Bay­rut: 1401-1403/1981-83. I, 14;
  2. Qozi Iyoz. Tartӣb al-madārik. II, 334-336;
  3. Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. III, 889-890;
  4. Az-Zahabiy. Siyar. XV, 394-395;
  5. As-Suyutiy. Tabaqāt al-huffāz. 364;
  6. Ali Öngül. „Ebü’l-Arab“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 293.
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.