Abu Huzayfa ibn al-Mugʻiyra (arabcha: أبو حذيفة بن المغيرة) – sahoba. Sumayya bintu Xabbat uning quli boʻlgan.
Abu Huzayfa Banu Maxzum qabilasidan boʻlgan bosh yetakchi shaxslardan biri boʻlgan. Makkada yashagan Sumayya bintu Xabbat Huzayfaning quli edi. Summayya 566-yilda Yosir ibn Amirga turmushga chiqdi va ularning Ammor ismli farzandlari boʻlgan. 613-yilda ularning hammasi Islomni qabul qilganlarida, Abu Huzayfa juda gʻazablanib, oʻsha qabila boshligʻi Abu Jahl bilan birlashib, ularni qiynash rejasini tuzgan. Issiq va quyoshli kunlarda ularni tashqariga bogʻlab, ustiga katta tosh qoʻygan. Abu Jahl har kuni ularni Muhammad haqida yomon soʻzlarni aytishga va oʻzlarining butlari haqida yaxshi gapirishga majbur qildi. Lekin ular Muhammad haqida yomon gap aytishdan bosh tortdilar. Bir kuni Abu Huzayfa Abu Jahlga Sumayyani nayzasi bilan oʻldirishga ruxsat bergan. Sumayya Islom tarixidagi birinchi shahid ayol hisoblanadi. Shuningdek, Yosir juda qari boʻlgani sababli berilgan jazolarga bardosh qila olmay vafot etgan. Ularning oʻgʻli Ammorga ham kecha-yu kunduz azob berishgan. Ammorning Allohga iymoni kuchli edi, biroq kuchli qiynoqlar sababli til uchida boʻlsa-da, butlarni qabul qilgan.
Abu Huzayfa taxminan 630-yilda Muhammad 10 000 askar bilan Makkani zabt etgan paytida hamma bilan birgalikda Islomni qabul qilgan. Shundan soʻng Abu Huzayfa Muhammadning kuchli tarafdoriga aylangan.