Abubakar Magomedovich Nurmagomedov 1989-yilning 13-noyabrida Dogʻistonning Goʻksuv hududida dunyoga kelgan. Abubakar Nurmagomedov rossiyalik aralash uslubdagi jangchi, yarim oʻrta vazn toifasi vakili hisoblanadi.
Abubakar Magomedovich Nurmagomedov 2011-yildan buyon professional darajadagi janglarda ishtirok etib, WSOF, PFL, UFC jangovar tashkilotlari turnirlarida va boshqa bir qancha aksiyalarda ishtirok etishi bilan tanilgan. Abubakar shuningdek, unvonli sambist, jangovar sambo boʻyicha Rossiya chempioni, jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻlib, oʻz statistikasida biror marta magʻlubiyatga uchramagan rossiyalik jangchi, UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning amakivachchasi hisoblanadi[1].
Abubakar Nurmagomedov 1989-yil 13-noyabrda Dogʻistonning Xasavyurt tumanidagi Goʻksuv qishlogʻida tugʻilgan. Etnik kelib chiqishi boʻyicha u avar millatiga mansub boʻlib. Abubakar Magomedovich sportchilar oilasida oʻsgan hamda bolaligidan erkin kurash bilan shugʻullangan. Abubakar Nurmagomedov maktabni tugatgach, jangovar sambo boʻlimiga oʻqishga kirgan va amakisi, Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy Abdulmanap Nurmagomedov qoʻl ostida tahsil olgan. Bir necha bor jangovar sambo boʻyicha Dogʻiston va Rossiya chempioni boʻlgan Abubakar Nurmagomedov 2014-yilda Moskvada oʻtkazilgan jangovar sambo boʻyicha jahon chempionatida 82 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan[2][3][4].
Abubakar Magomedovich Nurmagomedov 2011-yil oktabr oyida professional aralash yakkakurash sport turi boʻyicha debyut qilgan hamda Xasavyurtda boʻlib oʻtgan ProFC turnirida bu sportchi birinchi raundda Ibragim Jantuxonovni tirsak tutqichi bilan magʻlub etgan. Keyingi uch yil ichida u Rossiyaning turli promoushinlarida yana bir nechta gʻalabalarni qoʻlga kiritgan. U professional faoliyatidagi birinchi magʻlubiyatini 2014-yil sentyabr oyida Sochidagi turnirda qabul qilib olgan. Boʻlajak UFC jangchisi dogʻistonlik Magomed Mustafoev bilan jangda Abubakar Nurmagomedov qattiq jarohat olgan va ikkinchi raundda shifokor jangni toʻxtatishga majbur boʻlgan.
Toʻqqiz gʻalaba va faqat bitta magʻlubiyatdan iborat rekord bilan Nurmagomedov 2015-yilda Amerikaning yirik jangovar tashkiloti bilan shartnoma imzolagan. U World Series of Fightingdagi debyutini amerikalik Xorxe Moreno ustidan gʻalaba qozonish bilan boshlagan. Abubakar Magomedovich keyin yana bir amerikalik sportchi Denni Devis Jr ustidan gʻalaba qozondi. 2016-yilda u WSOFda yana ikkita gʻalabaga erishdi, avstraliyalik Metyu Frinkni texnik nokaut bilan magʻlub etdi va tajribali AQSh vakili Jon Xovardni magʻlub qilgan[5][6][7][8].
2019-yil 9-noyabrdagi Moskvadagi Abubakar Nurmagomedovning Devid Zavada bilan UFCdagi debyut jangi boʻlib oʻtdi. Jangning birinchi raundidayoq Abubakar Zavada tomonidan amalga oshirilgan „uchburchak“ ushlagichiga tushib, taslim boʻlganini bildirgan. Shu tariqa, Abubakar UFCdagi debyut jangida boʻgʻilish orqali magʻlub boʻlgan[9].
UFC 229 musobaqasida Abubakarning akasi Xabib Nurmagomedov Konor Makgregor ustidan gʻalaba qozonganidan soʻng oktagondan sakrab chiqib, Dillon Danisga otildi, natijada jangchilar jamoalari oʻrtasida mushtlashuv kelib chiqdi. Janjal paytida Abubakar sakkizburchak toʻrga chiqib oldi, natijada u MakGregordan yuziga zarba oldi. Buning ortidan Makgregor va Zubayra Tuxugov hamda Esed Emiragaev oʻrtasidagi jang boʻlib oʻtdi, shundan soʻng Abubakar Makgregorga ikkinchi marta hujum qildi, ammo ikkinchisining yana bir qarshi zarbasiga duch keldi[10][11][12]. 2019-yilning yanvarida Nevada shtati Atletika komissiyasi (NSAC) jangchini 12 oyga diskvalifikatsiya qildi va mushtlashuvda qatnashgani uchun 25 ming dollar jarimaga tortdi. Diskvalifikatsiya muddati 2018-yil 6-oktabrdan yaʼni jang boshlangan paytdan boshlab hisoblangan. 2019-yil 22-may kuni Nevada shtati Atletika komissiyasi (NSAC) diskvalifikatsiyani 35 kunga qisqartirishga qaror qilgan[13].