Adenomatoz polip | |
---|---|
KXK-9 | [1] |
Adenomatoz poliplar yoki adenomalar yoʻgʻon ichak yuzasida oʻsadigan va saraton rivojlanishiga sabab boʻlish xavfiga ega boʻlgan hosila. Adenomatoz poliplar saratondan oldingi davrdagi hosila hisoblanadi va yoʻgʻon ichak saratoniga aylanishi ehtimoli yuqori. Yoʻgʻon ichakda paydo boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa turdagi poliplar giperplastik boʻlib, ular morfologik tuzilishida nisbatan xavfli hisoblanmaydi. Ularning yoʻgʻon ichak saratoniga aylanishi xavfi yoʻq.
Adenomalar barcha poliplarning taxminan 10 %ni tashkil qiladi. Koʻpgina poliplar (taxminan 90 %)ning odatda diametri 1sm dan kichik boʻladi. Ularning saratonga aylanish ehtimoli juda past. Qolgan 10 % adenomalar 2sm dan katta boʻlibr, saratonga aylanish ehtimoli yuqori[1].
Adenomatoz poliplarning toʻrt turi mavjud:
Tishsimon adenomalar, naysimon, naysimon-kiprikli, kiprikli.
Naysimon adenomalar -
Agar polip 2sm dan katta boʻlsa va kipriksimon qismning katta foizini oʻz ichiga olsa, yoʻgʻon ichak saratoniga oʻtish xavfi ortadi. Bundan tashqari, poliplarning shakli ham saratonga aylanish xavfi bilan bogʻliq. Masalan, perpendekulyar poliplar oʻsimtasimon poliplardan kichikroq boʻladi. Agar poliplarning oʻlchami 2 sm dan ortiq boʻlsa ular yuqori xavfli potentsialga ega boʻlib va kolonoskopik polipektomiyadan (poliplarni jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash) kerak. Ammo polipektomiyadan keyin qaytalanish (qayta hosil boʻlish) husuiyatiga ham ega[2].
Naysimon adenomatoz poliplar kipriksimon va nay-kipriksimon adenomalar kabi xavfli boʻlmasa-da, ular kattalashganda saratonga aylanishi mumkin.
Agar ota-onalarga adenomatoz polip tashxisi qoʻyilgan boʻlsa, unda bolalarda yoʻgʻon ichak saratoni rivojlanish ehtimoli 50 % koʻproq boʻladi[3].
Yoʻgʻon ichak poliplarini aniqlash, shuningdek ularning oʻsishini oldini olish uchun aholini kolonoskopik tekshiruvlardan oʻtkazish muhim hisoblanadi. Amerika Saraton Jamiyati adenomatoz poliplarning oʻsishini oldini olish va yoʻgʻon ichak saratoni rivojlanish ehtimolini kamaytirish uchun profilaktika va tekshiruv rejalarini ishlab chiqishgan. Baʼzi dietadagi oʻzgarishlar poliplarning oldini olishda foydali boʻlishi mumkin deb hisoblanadi, ammo poliplarni saratonga aylanishining oldini olishning tibbiy koʻrik vaqtida ularni topish va olib tashlashdan boshqa usuli yoʻq[4].
Amerika Saraton Jamiyati 40 yoshdan oshgan odamlarga har yili yashirin qon ketish testini oʻtkazishni tavsiya qilishadi. Yoʻgʻon ichak poliplari oʻsish davrida ichakdan qon ketishiga olib kelishi mumkin, buni maxsus tekshirish yordamida aniqlash mumkin. Bundan tashqari, 50 yoshdan oshgan odamlarga har 3-5 yilda bir marta sigmoidoskopiyadan oʻtish tavsiya etiladi (inglizcha: flexible sigmoidoscopy). Agar ushbu tekshiruv davomida adenomatoz poliplar aniqlansa, bemor kolonoskopiyadan oʻtishi kerak boʻladi. Kolonoskopiya koʻplab shifokorlar tomonidan yoʻgʻon ichak saratonini erta aniqlash uchun tekshiruvning muhim qismi sifatida tavsiya etiladi, chunki bu tekshiruv yordamida ichak boʻshligʻining toʻliq koʻrish mumkin[5]. Kolonoskopiya har 10 yilda bir marta yoʻgʻon ichak poliplari yoki saratoni tashxisi qoʻyilmagan 50 va undan katta yoshdagi odamlarga tavsiya etiladi. Sigmoidoskopiyadan koʻra kolonoskopiya afzalroqdir.
Statistik maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, aholi salomatligini tekshirish dasturlari adenomatoz poliplarning oʻsishi tufayli yoʻgʻon ichak saratonidan oʻlim xavfini kamaytirishga yordam bergan. Ushbu turdagi tadqiqotlar deyarli 100 % xavfsiz boʻlsa-da, teskshiruvdan keyingi paydo boʻlishi mumkin boʻlgan asoratlar tufayli ommalashmagan. Biroq, koʻpchilik mutaxassislar yoʻgʻon ichakni erta tekshirishning foydalari xavflardan ustun ekanligiga qoʻshiladilar. Kolonoskopiyadan soʻng asoratlar xavfi yoʻgʻon ichak saratoni rivojlanish xavfining yarmini tashkil qiladi[6].
«…Высокое содержание жира и низкое содержание волокон в рационе человека способствует росту полипов толстой кишки. В этом, вероятно, следует искать причину того, почему процент заболеваемости полипами толстой кишки намного выше в развитых странах, например в США и Европе, диета которых предполагает высокое содержание жира и низкий — волокон. Однако недавнее исследование не подтвердило предположение о том, что высокое содержание волокон может предотвращать рост полипов толстой кишки или образование рака. …Некоторые витамины защищают организм от образования рака толстой кишки, а именно витамины С и Е. Также и некоторые крестоцветные овощи, например брокколи и цветная капуста, защищают от рака толстой кишки. Нестероидные противовоспалительные медикаменты, например аспирин, снижают интенсивность образования полипов, хотя нестероидные препараты не рекомендуют в качестве средства предотвращения роста полипов толстой кишки»