Adiba mehri

Adiba mehri

1913-yilgi nashr titul beti
Asl nomi Babička
Muallif(lar) Božena Němcová
Tarjimon(lar) M. Islomov
Til chex
Janr(lar)i qissa
Nashr etilgan sanasi 1855
Nashriyot Oʻzbekiston SSR Davlat badiiy nashriyoti
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1960

„Adiba mehri“ yoki „Buvi“ (chex. Babička) — chex yozuvchisi Božena Němcová qalamiga mansub qissa. Muallif asarni 1855-yil yozgan. Muallifning eng mashhur asari boʻlmish bu qissa chex adabiyotining eng muhim asarlaridan biri hisoblanadi.

Qissa chex tilida 300 martada oshiq nashr qilingan, dunyoning 21 tiliga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Asarda muallifning bolaligi badiiy toʻqima yordamida hikoya qilinadi.

Qissada Němcová hayoti ideallashtirilgan tarzda hikoya qilinadi. Asarda mahalliy aholi udumlari bilan bir necha ayolning tuygʻulari tasvirlanadi. Undagi voqealar buvi qizining oilasi bilan birga yashash uchun koʻchib kelganidan keyin sodir boʻladi. Buvining otboqar oʻlaroq ishlovchi kuyovi tez-tez safarga ketadi. Asarda bosh qahramonlar buvi, Viktorka hamda knyaginyalar hayoti haqida hikoya qilinadi. Barunka obrazida muallifning oʻzi gavdalanadi. Ammo qissa Barunka nomidan hikoya qilinmaydi.

  • Buvi – taqvodor, oqila, marhamatli va mehribon ayol
  • Barunka – Buvining katta nevarasi; muallif bolaligiga asoslanib yaratilgan obraz
  • Knyaginya – yuqori statusli, adolarli va mehribon ayol; muallifning homiyi Kateřina Zaháňskága asoslanib yaratilgan obraz
  • Terezka – bosh qahramonning katta qizi
  • Viktorka – aqldan ozgan qiz

Oʻzbekcha tarjimasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asarni oʻzbek tiliga 1956-yil Moskva Davlat badiiy adabiyot nashriyotida chop etilgan ruscha nashridan M. Islomov tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1960-yil Toshkent shahrida Oʻzbekiston SSR davlat badiiy nashriyotida chop etilgan. Oʻzbekcha nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: X. Gʻulomova – muharrir, O. Apuxtin – rassom, G. Ostapenko – rasmlar muharriri, M. Parpixoʻjayev – texnik muharrir, E. Mirobidov – musahhih. Kitob adadi – 15 000 nusxa.