Adnan Gʻolib al-Husayniy | |
---|---|
عدنان غالب الحسيني | |
![]() Al-Husayniy, 2015-yil | |
Quds gubernatorligi gubernatori | |
Mansab davri 2008 – 2018 | |
Oʻtmishdoshi | Jamil Usmon Nosir |
Vorisi | Adnan Gʻays |
Vaqf nazoratchisi | |
Falastin milliy maʼmuriyati Turizm oliy kengashi aʼzosi | |
Mansab davri 1999 – ? | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1946 (yoshi 78–79) Jerusalem, Falastin |
Millati | Palestinian |
Alma mater | Ayn Shams universiteti |
Kasbi | Arxitektor, siyosatchi, vaqf nazoratchisi |
Adnan Gʻolib al-Husayniy (arabcha: عدنان غالب الحسيني) (1946-yilda tugʻilgan) – 2008 va 2018-yillar oraligʻida[1] Falastinning Quddus[2] va Quds gubernatorligi gubernatori. Keyinchalik uning oʻrniga Adnan Gʻays tayinlangan. U, shuningdek, vaqf nazoratchisi va Falastin milliy maʼmuriyatining Turizm oliy kengashi aʼzosi hamdir. Al-Husayniyning nasl-nasabi qudduslik al-Husayniylar oilasiga mansub.
1971-yilda al-Husayniy Misrning Qohira shahridagi Ayn Shams universitetida arxitektura boʻyicha bakalavr darajasini egallagan. Keyinchalik, Quddus islomiy vaqfining bosh menejeri va nazoratchisi sifatida ish boshlagan. 1999–2002-yillarda Falastin yerlaridagi Falastin uy-joy kengashi rahbari boʻlib ishlagan. 1999-yildan esa turizm oliy kengashi aʼzosi hisoblanadi.