Asl nomi | ثرثرة فوق النيل |
---|---|
Muallif(lar) | Najib Mahfuz |
Tarjimon(lar) | Frances Liardet (Doubleday, 1993-yil) |
Mamlakat | Misr |
Til | misr-arabcha tili |
Janr(lar)i | Badiiy adabiyot, Adabiyot, Misr adabiyoti, Arab adabiyoti |
Nashriyot | Dar Shorouq, Misr |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 1966-yil |
Sahifalar soni | 201-bet |
Mukofot(lar) | Nobel mukofoti |
Adrift on the Nile (Nil boʻyidagi soʻqmoq) (Tarthara fawqa an-Nīl, arabcha: ثرثرة فوق النيل)[1] — misrlik yozuvchi va Nobel mukofoti laureati Najib Mahfuzning 1966-yilda yozilgan kitobi. Keyinchalik bu roman asosida1971-yilda „Chilchat on the Nile (Nil boʻyidagi Chitchat)“ filmisuratga olindi.
Kitob Nil daryosidagi qayigʻida bir guruh doʻstlari bilan har kuni kechasi sigaret va chilim chekadigan Anis Zani ismli qahramon haqida hikoya qiladi. Anis Zani davlat xizmatchisi boʻlib ishlaydi, lekin tez orada giyohvand moddalarni isteʼmol qilishi tufayli hayot tarzi chigallashib ketadi va bosh qahramonning turli muvaffaqiyatsizliklarga duch keladi.. Kitob nigilizm va ruhiy boʻshliqni oʻrganadi.
Kitobdagi voqealar bosh qahramon Anis Zani boʻsh hisobot topshirgani uchun xoʻjayin tomonidan jazolanishi bilan boshlanadi. Anis hisobotni giyohvand moddalar taʼsiri ostidaligida yozgani maʼlum boʻladi, chunki u karaxt holida ruchka siyohining tugaganini ham sezmay hisobotni yozgan edi. Anis va bir guruh giyohvandlar har kecha Nil daryosidagi qayiqda chilim chekish uchun yigʻilishadi[2]. Yosh jurnalist Samara ular haqida maqola yozish uchun guruhga qoʻshiladi. Guruhning osoyishtaligi, ular sevgi, axloq va maqsad kabi mavzular haqida bahslasha boshlagach, buziladi. Guruhning faoliyati tezda yakuniga yetadi, ular kunlarning birida mashinada yarim tunda ekskursiyaga ketayotganlarida, bir odamni urib, voqea joyidan qochib ketishadi.
Roman 1988-yil adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga munosib koʻrilgan[3].