Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofoti —har yili Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisiga beriladigan mukofot hisoblanadi. Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofoti har yili dekabr oyida Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) tomonidan Afrika Futbol Konfederatsiyasi roʻyxatida turadigan jamoalarda futbol oʻynaydigan ayol futolchilarga beriladi. Nigeriyalik ayol futbolchi Asisat Oshoala Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofotini besh marta qo‘lga kiritgan hozirga qadar yagona ayol futbolchi. Ushbu natijasi bilan Asisat Oshoala Afrika Futbol Konfederatsiyasi jamoa futbolchilari orasida eng koʻp Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofotini yutish boʻyicha rekord qoʻygan[1][2][3]. Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofotini yutish boʻyicha Perpetua Nkwocha ikkinchi oʻrinni egallagan[4]. Perpetua Nkwocha jami hisobda 4 marta Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofotini qoʻlga kiritgan[4].
Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofoti birinchi marta 2001-yilda topshirilgan. To hozirgi kunga qadar Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofotini qoʻlga kiritishda nigeriaylik futbolchilar yaqqol ustillika ega[5]. Jami hisobda 12 marta (12 yil) nigeriyalik ayol futbolchilar Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi boʻlishgan[5]. Xususan, Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofotini qoʻlga kiritish boʻyicha rekordchi Asisat Oshoala va toʻrt karra Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofoti gʻolibi boʻlgan Perpetua Nkwochalarning ikkisi ham nigeriyalik futbolchilar hisoblanadi. Lekin 2009-yil va 2013-yillarda Afrika Futbol Konfederatsiyasidagi ichki boshqaruvdagi oʻzgarishlar, rahbarning almashganligi sababli Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofoti hech bir futbolchiga taqdim etilmadi[6]. Bu ommaviy axborot vositalarining keskin tanqidiga olib keldi[7].
Futbolchi | Gʻoliblik soni |
---|---|
Asisat Oshoala | 5 |
Perpetua Nkwocha | 4 |
Cynthia Uwak | 2 |
Fuqaroligi | Gʻolib futbolchilar soni |
---|---|
![]() |
12 |
![]() |
2 |
Janubiy Afrika Respublikasi | 2 |
![]() |
1 |
Ekvatorial Gvineya | 1 |