Agnorhiza reticulata | |
---|---|
Muhofaza holati
| |
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Oʻsimliklar |
Sistematika: | Traxeoditlar |
Sistematika: | Angiospermlar |
Sistematika: | Eudikotlar |
Sistematika: | Asteridlar |
Oila: | Asteraceae |
Jins: | Agnorhiza |
Turlar: | A. reticulata
|
Binomial name | |
Agnorhiza reticulata | |
Boshqa nomi[2] | |
Wyethia reticulata Greene |
Agnorhiza reticulata (boshqa nomi: Wyethia reticulata), umumiy El Dorado okrugi xachir quloqlari nomi bilan tanilgan, faqat shimoliy va markaziy Kaliforniyaning kichik bir mintaqasida uchraydigan noyob gulli oʻsimlik turidir[3]. Agnorhiza reticulata ilk bora 1998-yil Edward Lee Greene tomonidan tasniflangan. Oʻsimlik Koliforniya shtati uchun endemik turlardan biri hisoblanadi.
Agnorhiza reticulata Kaliforniyaning ichki oʻtloqlari va Sierra Nevada togʻ etaklaridagi oʻrmonzorlarda keng tarqalgan[1]. El Dorado, Sakramento va Yuba okruglaridaaniqlangan[4][3].
Populyatsiyasi sababli genetik xilma-xilligi past boʻlishi mumkin, chunki ular koʻpincha vegetativ yoʻl bilan koʻpayadi, urugʻ bilan jinsiy koʻpayish deyarli kuzatilmaydi, shuningdek, Ildizpoyalar bilan vegetativ koʻpayish usuli ham bu oʻsimlikka xosdir[1]. Baʼzi populyatsiyalar yashash muhitining sanoatlashtirilishi va oʻzlashtirilishi sababli yoʻqolib ketish xavfi ostida qolmoqda[1][5].
Agnorhiza reticulata koʻp yillik oʻt boʻlib, boʻyi 40-70 santimetr, baʼzan 1 metrga yetadigan tukli, bezsimon, yopishqoq poya hosil qiladi, odatda poyasi tarvaqaylab ketgan holda oʻsadi. Barglarning uzunligi 15 santimetrgacha boʻlib, atrofi uchburchak yoki nayza shaklidagi pichoqsimon boʻrtmalar bilan qoplangan[6].
Toʻpguli odatda yakka kungaboqar gul boshi koʻrinishida boʻlib, uzunligi 2,5 santimetrgacha boʻlgan 21 tagacha sariq yaproqlardan tashkil topadi. Markazida sariq rangli disk joylashgan. Gullar mahalliy asalarilar tomonidan changlantiriladi[5][7]. Gullash davri maydan to iyun-iyul oylarigacha davom etadi.