Ahmad Muhammad Shokir | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | 29-yanvar 1892-yil |
Vafoti |
14-iyun 1958-yil (66 yoshda) |
Dini | Islom |
Millati | misrlik |
Mazhab | Sunniy |
Yurisprudensiya | Hanafiy |
Ahmad Muhammad Shokir (arabcha: أحمد محمد شاكر; romanizatsiya:Aḥmad Muḥammad Shākir) (1892-yil 29-yanvar, Qohira — 1958-yil 14-iyun) misrlik hadisshunos. U Al-Azhar universitetining islom olimi[2][3] Muhammad Shokir ibn Ahmadning oʻgʻli, hamda yozuvchi va jurnalist Mahmud Muhammad Shokirning akasi hisoblanadi[4].
Muharrir sifatida Shokirning Qohira asari 1937-yildan boshlab yozilga bo'lib, 5 jilddan iborat. Unda Sahihi Termiziy uchun arabcha hadis matnining standart dolzarb tasnifini taqdim etilgan. Asar nashriyotlar tomonidan bir necha marotaba qayta nashr etildi[5].
Ahmad Muhammad Shokir Al-Azhar universitetini tugatgan, hamda mazkur dargohda ishlagan va 1951-yilda nafaqaga chiqqan. U Qohiradagi Oliy shariat sudi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.