Ahmet Arvasi | |
---|---|
Tavalludi |
1932-yi 15-fevral Ağrı viloyati Doğubeyazıt tumani |
Vafoti |
1988-yil 31-dekabr Istanbul |
Fuqaroligi | Turkiya |
Kasbi | Yozuvchi, faylasuf |
Ahmet Arvasi (talaffuzi: Ahmet Arvasi) — 1932-yil 15-fevralda tugʻilgan[1]. Avval Seyyid Ahmet Arvasi nomi bilan tanilgan, asli kurdlashgan arab yozuvchisi va faylasufi boʻlgan.[2][3] U „Turk-Islom sintezi doktrinasi“ mafkurasi va uning Turkiyaga taʼsirini yoritganicuchun mashhur boʻlgan. U Turkiyaning Agʻri viloyati Doʻgʻbeyazit tumanida tugʻilgan. Uning oilasi Van viloyatidan. Uning otasi Seyyid Abdulhakim Arvasiy (1865 – 1943-yillarda yashab oʻtgan) soʻnggi Usmonli va Turkiyaning ilk jumhuriyati davrida sunniy islom olimi boʻlgan.
Ahmet Arvasi Erzurum oʻqituvchilar kollejini tamomlagan va bir muddat boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 1958-yilda Gʻozi nomidagi taʼlim muassasasining pedagogika boʻlimini tamomlagan. Baliqesir, Bursa va Istanbuldagi taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib ishlagan, soʻngra 1979-yilda nafaqaga chiqqan. Xuddi shu yili Millatchi Harakat partiyasi (turkcha: Milliyetçi Hareket Partisi) Bosh boshqaruv kengashi aʼzosi etib saylangan.1980-yil 12-sentyabr Turkiyadagi davlat toʻntarishiga qadar oʻz vakolatlarini bajargan. Davlat toʻntarishidan soʻng Millatchi Harakat Partiyasiga qarshi til biriktirganlikda ayblanib hibsga olingan va sudlangan.
Ahmet Arvasi bir necha kunlik ruknlar, maqolalar va kitoblar nashr etgan. Shuningdek, u bir necha konferensiya va seminarlarda koʻplab maʼruza soʻzlagan. Oʻlimidan oldin u „Turkiya“ gazetasining sharhlovchisi sifatida ishlagan. U 1988-yil 31-dekabrda Turkiya uchun kundalik ruknini yozayotganda yozuv mashinkasi oldida vafot etgan[4].