| |||||||
Tashkil topgan | 1991-yil | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
Baza aeroporti | Poprad Slovakiya | ||||||
Havo tuguni | Poprad-Tatry | ||||||
Sayti | https://www.ate.sk/en/ |
Air — Transport Europe, toʻliq nomi Air — Transport Europe spol. s ro, qisqartirilgani ATE, Popradada joylashgan Slovakiya vertolyot aviakompaniyasi boʻlib. Kompaniya turli xil yuk tashish bilan shugʻullanadi: uning floti sanitariya aviatsiyasi sifatida ishlatiladi va qurilish ishlarida ham qoʻllanadi. Kompaniya, shuningdek, Agusta va Bell kompaniyalarining vertolyotlariga, hamda, Mil va Kamov NTSV[1] ga xizmat koʻrsatadi.
Kompaniya 1991-yilda Poprad mintaqasida (ayniqsa, Baland Tatrada) qutqaruv va havoda evakuatsiya qilish imkoniyatlarini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan. Xuddi shu yili kompaniya boshqa maqsadlar uchun havoda yuk tashish bilan shugʻullana boshladi (oʻrmon kesish, tuproqni ohaklash, qurilish, qishloq xoʻjaligi va boshqalar). Kompaniyaning shtab-kvartirasi Popradada joylashgan, uning filiallari (tez tibbiy yordam bazalari) shuningdek Bratislava, Nitra, Trencin, Zilina, Banska Bystrica va Koshitse[2], shuningdek Chexiyaning Olomouc va Ostrava[3][4] shaharlarida joylashgan[5].
2011- ildan beri Air-Transport Europe Xalqaro tog'larda qutqarish komissiyasi[en] aʼzosi hisoblanadi.
Identifikator belgisi | Viloyat | Markaz | Faoliyat boshlanishi |
Krištof 01[cs] | Bratislava viloyati | Bratislava | 1990-yil 15-oktyabr, 2001-yil 15-avgustdan ATE |
Krištof 02[cs] | Banska-Bistritskiy viloyati | Banska Bsstrica | 1989-yil 1-yanvar, ATE 2001-yil 15-avgust |
Krištof 03[cs] | Preshov viloyati | Poprad | 1987-yil 8-dekabr, 1995-yil 1-apreldan ATE |
Krištof 04[cs] | Kosice viloyati | Koshice | 1990-yil 1-avgust, 2006-yil 1-yanvardan boshlab ATE |
Krištof 05[cs] | Nitra viloyati | Nitra | 2006-yil 1-fevral, 2006-yil 1-fevraldan ATE |
Krištof 06[cs] | Jilinskiy viloyati | Jilina | 1991-yil 1-iyul, 2009-yil 9-noyabrdan ATE |
Krištof 07[cs] | Trencnin viloyati | Trenchin | 1991-yil, 2009-yil 10-dekabrda qayta ochildi |
Identifikator belgisi | Viloyat | Markaz | Faoliyat boshlanishi |
Kryštof 09[cs] | Olomouts viloyati | Olomouc | 1990-yil 1-oktyabr, 2017-yil 1-yanvardan boshlab ATE |
Kryštof 05[cs] | Moraviya-Sileziya viloyati | Ostrava | 1989-yil 1-avgust, 2021-yil 1-yanvardan boshlab ATE |
Aviakompaniya faoliyatining dastlabki yillarida ATE Správa TANAP dan ijaraga olingan fransuz Aérospatiale Alouette III vertolyotidan, Sovet Mi-2 va Mi-8 dan, shuningdek Eurocopter AS 355[en] va PZL Kania dan foydalangan. 2003-yil mart oyida sinovdan oʻtkazilgandan soʻng kompaniya slovakiyaliklar Shveysariyadan sotib olgan yangi Agusta A109K2 ni olgan. Keyinchalik kompaniya Sovet Mi oʻrniga yana 8 ta vertolyot sotib olgan. 2014-yilda Bell 429[7] ikki dvigatelli yangi vertolyot foydalanishga topshirilgan. Mi-8 (borti OM-EVA) va Eurocopter AS 355[en] (OM-ATH borti) qutqaruv vertolyotlari tijorat maqsadlarida foydalanilyapti[8].
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Mart 2024) |