Ajuga turkestanica | |
---|---|
![]() | |
Ilmiy tasniflash | |
O‘simliklar | |
Yuksak oʻsimliklar | |
Gulli oʻsimliklar | |
Ikki urugʻpallalilar | |
Asterids | |
Lamiales | |
Yalpizdoshlar | |
Ajuga | |
A. turkestanica
| |
Binar nomi | |
Ajuga turkestanica | |
Sinonimlar | |
Rosenbachia turkestanica Regel |
Ajuga turkestanica — Oʻrta Osiyoda o‘suvchi gulli oʻsimlik turi. Alohida tur sifatida birinchi marta 1894-yilda tasvirlangan[1].
A. turkestanica — balandligi 40 dan 60 sm gacha boʻlgan koʻp yillik o‘t oʻsimlik[2]. Barglari elliptik choʻzinchoq shaklga ega, tekis qirrali, uchi oʻtkir. May va iyun oylarida gullaydi. Gullari kichik, pushti rangga ega va ikkitadan barg qoʻltigʻida joylashgan. May oyining oxirida mevasi pishib yetiladi.
A. turkestanica Oʻrta Osiyoning Pomir-Oloy togʻ tizmalarida, Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyatida o‘sadi. Bu tur Tojikiston janubidagi past togʻli hududlarda ham topilgan. U dengiz sathidan 2500 metr balandlikdagi toshloq yerlarda oʻsadi.
A. turkestanica, boshqa koʻplab Ajuga turlari bilan bir qatorda, dorivor taʼsirga ega ekanligi taxmin qilingan[3][4][5][6]. Bugungi kunda A. turkestanica ekstrakti boʻlgan koʻplab bodibilding qoʻshimchalari bor[7]. A. turkestanica turkesteron kabi ekdisteroid hosilalarini oʻz ichiga oladi, ammo ular sutemizuvchilarda anabolik taʼsir koʻrsatadimi yoki yoʻqmi aniq emas[8][9][10][11].