Al-Buaynayn (arabcha: آل بو عينين, shuningdek, al-Bu’aynayn, al-Bu’aynin va al-Boaynayn deb ham keltirilgan) – Bani Tamim qabilasining bir urugʻi boʻlib, al-Xatr al-Muhammad, al-Ali va al-Nuvosir deb nomlanuvchi toʻrtta asosiy tarmoqqa boʻlingan[1]. Urugʻ, asosan, Saudiya Arabistonining Sharqiy viloyati, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari va Bahraynda yashaydi. Qabila ilgari marvarid suvga shoʻngʻish sanoati bilan shugʻullangan.
Al-Buaynayn qabilasi 1783-yilda al-Xalifa orolni zabt etganidan soʻng Bahraynga koʻchib kelgan bir necha badaviy qabilalaridan biri edi.
Al-Buaynayn qabilasi Qatardagi norozilikdan soʻng, Ras Tanuraning shimoli-gʻarbidagi Hasa sohilida al-Jubayl shahrining barpo etilishiga hissa qoʻshgan[2]. Ular Qatarning eng yirik shaharlaridan biri al-Vakrani qurish ustida ham ishlaganlar. Tarixchi JG Lorimer oʻzining „Gazetteer of the Persian Gulf“ nomli nashrida 1908-yilda al-Vakradagi al-Buaynayn aholisining soni 2000 kishini tashkil etganligini taʼkidlagan[3][4]. Xuddi shu nashrda Lorimer qabilaning Bahraynning asosan Asqar va Muharraq shaharlarida 95 ga yaqin uyga egalik qilganini haqidagi maʼlumotni keltirib oʻtgan[5].
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |