Al-Hindiya الهندية | |
---|---|
Shahar | |
32°32′31″N 44°13′16″E / 32.54194°N 44.22111°E | |
Mamlakat | Iroq |
Muhofazot | Kerbala muhofazoti |
Tuman | Al-Hindiya tumani |
Aholisi (2018) |
84,100 |
|
Al-Hindiya yoki Hindiya Iroqdagi Furot daryosi boʻyida joylashgan shahar. Al-Hindiya Karbalo muhofazotida joylashgan boʻlib, Al-Hindiya tumanining markazi hisoblanadi. Shaharning avvalgi nomi Tuvayrij (arabcha: طويريج) bo‘lib, bu nomdan har yili Ashuro kunidagi Muharram motamida o‘tkaziladigan „Tuvayrij yugurishi“ (arabcha: ركضة طويريج) kelib chiqqan[1]. Shahar aholisi soni 84,100 nafar.
Shaharga milodiy 1793-yilda Avadning birinchi navabi boʻlgan „Muhammad Yahyo Osif Al-Davla Bahodur Al-Hindi“ asos solgan. Bu shaxs mintaqani ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun Furot daryosidan kanal qazilishini moliyalashtirgan[2].