Al-Kudr istilosi | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Muhammad | Hech kim | ||||||
Kuchlar | |||||||
200 | Nomaʼlum |
Al-Kudr istilosi[2], shuningdek, Banu Salim qabilasiga qarshi yurish Islom taqvimining hijriy 2-yilida Badr jangidan soʻng toʻgʻridan-toʻgʻri sodir boʻlgan. Banu Salim qabilasi Madinaga bostirib kirmoqchi boʻlganligi haqidagi xabarni olgandan soʻng Muhammad tomonidan ushbu safarga buyruq berilgan.
Al-Kudr istilosi Muhammad va Bahrayn xalqi bilan bogʻliq birinchi voqea hisoblanadi. Muhammad Bahrayndan unga qarshi hujumga tayyorgarlik koʻrilayotgani toʻgʻrisida xabar olgan[3][4].
Bunga javoban Muhammad al-Kudrdagi baʼzi hududlarga qarshi hujum uyushtirgan[5]. Buni eshitgan qabila esa darhol qochib ketadi. Muhammad ularning 500 ta tuyasini olib, jangchilar oʻrtasida taqsimlab beradi. Oʻljaning beshdan bir qismini ham xums qilib saqlagan[3][6][7][8].
Al-Kudr istilosi Ibn Hishom tomonidan paygʻambar Muhammadning tarjimai holida va boshqa tarixiy kitoblarda qayd etilgan[2]. Bu haqida eslatib oʻtilgan boshqa zamonaviy manbalarga „Ar-Raheeq al-Makhtum“ kitobi ham kiradi[2][9].
|url=
qiymatini tekshiring. Boʻsh..