Al-Qarada bosqini | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||
Qoʻmondonlar | |||||||
Zayd ibn Horisa | Nomaʼlum | ||||||
Kuchlar | |||||||
100[1] | Nomaʼlum |
Al-Qarada bosqini (arabcha: سرية زيد بن حارثة) – erta Islom davrida hijriy 3-yilda (milodiy 624-yil noyabr) sodir boʻlgan bosqin[2][3].
Safvon ibn Umayya boshchiligidagi makkaliklar karvoni yoz oylarida mavsumiy savdo ishlari bilan Suriyaga joʻnab ketishadi. Muhammad karvon yoʻli haqida maʼlumot olganidan soʻng, Zayd ibn Horisaga karvon ortidan borishni buyuradi va musulmonlar karvonga bostirib, 100 000 dirhamlik oʻljani qoʻlga kiritadilar[4].
Makkaliklar qaysi savdo yoʻlidan borishni bilmay qoladilar, chunki musulmonlar ularning koʻp karvonlariga hujum qilib, savdo yoʻllarini toʻsib qoʻygan edilar. Shuning uchun makkaliklar karvon uchun boshqa savdo yoʻlini topishga harakat qiladilar.
Bu davrda musulmonlar tomonidan amalga oshirilgan bosqinlar, hijrat davrida Madinaga qochgan musulmonlarning Makkada qoldirgan mol-mulklarini tortib olib, karvonlar orqali amalga oshiriladigan savdo-sotiq ishlarida pullab yuborishlariga javob edi.
Safvon ibn Umayya boshchiligidagi Quraysh guruhi ishonchli yoʻlboshchidan foydalanib, Madinadan uzoq sharqdagi yoʻl orqali karvon joʻnatishga qaror qiladi. Ammo Muhammad bu rejadan xabar topadi va Zayd ibn Horisani 100 kishiga bosh qilib yuboradi[5].
Savdo yoʻli haqidagi xabarlar mast ahvolda boʻlgan Nuam ibn Masud al-Ashjoiy orqali tarqaladi. Musulmonlar karvonga Qarada degan joyda yetib oladilar va toʻsatdan hujum qiladilar.
Karvon boshligʻi musulmonlarga qarshilik koʻrsatmasdan qochib ketadi. Bosqinchilar karvondan koʻplab kumush va boshqa mol-mulklarni olib ketadilar. Zayd ibn Horisa oʻljalarni olib, ularning yoʻlboshchisini, shuningdek, yana 2 kishini hibsga oladi va Madinaga olib ketishadi[6].
Qoʻlga olingan oʻlja 100 000 dirhamga baholangan[5]. Oʻlja jangchilar oʻrtasida taqsimlanadi, Muhammad mol-mulkning beshdan bir qismini olib, kambagʻallarga boʻlib beradi.
Ushbu bosqinda Furat ismli yoʻlboshchi musulmonlar asiriga aylandi[7]. Keyinchalik u Islomni oʻz xohishi bilan qabul qiladi, keyinchalik Ibn Hishomning buyrugʻiga koʻra ozodlikka chiqishiga ruxsat beriladi[8]. „Sunani Abu Dovud“ hadislar toʻplamida ham Furot ismli kishining al-Qarada bosqinida qoʻlga olingani aytiladi.