Albert One bu sunʼiy intellekt chat boti, Robby Garner tomonidan kashf qilingan va tabiiy tillar uchun dasturlashda (NLP) koʻp qirrali yondashuvdan foydalangan holda odamlarning suhbatlar qilish usulini taqlid qilish uchun moʻljallangan.
1998 va 1999-yillarda, Albert One sunʼiy suhbatdoshlar oʻrtasidagi Loebner mukofoti tanlovida gʻolib chiqdi[1][2][3][4].
Albertning baʼzi qismlari 1995-yildan boshlab Internetda, odamlar sunʼiy suhbatdoshga qanday soʻzlarni aytishi haqidagi maʼlumotlarni toʻplash uchun foydalangan[5]. „Albert One“ning boshqa bir xususiyati inson bayonotlari va iboralari uchun tegishli javoblarni hamda katta maʼlumotlar bazasini yaratishdir. Proyektning bu qismi 1994-1997 yillarda Loebner mukofoti tanlovlarida sinovdan oʻtgan.
„Albert One“ Robby Garnerning koʻp qirrali botlaridan birinchisi edi[6]. Albert One tizimi bir necha quyi tizimlardan iborat edi. Bularning orasiga Eliza, terapevt, Elivs, yana bir Elizaga oʻxshash bot va ierarxik tartibda birgalikda ishlaydigan bir nechta yordamchi dasturlar kiradi. Stimulus-response kutubxonasining davomi sifatida, Albertning har bir javobiga erishish uchun boshqa turli xil maʼlumotlar bazasi soʻrovlari va tasdiqlar sinovdan oʻtkazildi. Robby Turing Hub-da bunday ierarxik „yelim“ ning tarmoq misollarini ishlab chiqishni davom ettirdi.