Shaxsiy maʼlumotlari | |
---|---|
Toʻliq ismi | Aleksandr Viktorovich Abt |
Tavalludi | Rossiya |
Yashash joyi | AQSh, New Jersey |
Boʻyi | 179 |
Oldingi murabbiylari |
Aleksandr Julin Rafael Arutyunyan Sergey Nikolaevich Volkov |
Shaxsiy rekordlari | |
Qisqa dastur | 73.05 |
Erkin dastur | 121.40 |
Aleksandr Viktorovich Abt (ruscha: Александр Викторович Абт; 22-oktyabr 1976-yil, Moskva, SSSR) — erkaklar oʻrtasidagi yakkalik konkida uchish musobaqalarida qatnashgan sovet va rus figurali uchuvchisi. 2003-yil Rossiya chempionligini qoʻlga kiritgan va 1991-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi vitse-jahon chempioni boʻlgan. Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan qishki Universiadaning bronza medali sovrindori. Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi. 1997 — 1998-yilgi mavsumda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan.
Aleksandr Viktorovich Abt 6 yoshida birinchi marta konkida uchishni boshlagan. Dastlab u bilan murabbiy Sergey Volkov, keyinroq esa Rafael Arutyunyan shugʻullangan. Oʻzining sport faoliyati davomida Aleksandr turli jarohatlarga duchor olgan. Ulardan eng jiddiyini 1996-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan musobaqadagi namoyishlarida olgan. Aleksandr Viktorovichning soʻnggi havaskor turniri 2004-yilgi Rossiya chempionati boʻlib, u yerda olgan jarohati tufayli oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan.
1999-yilda Aleksandr rossiyalik figurali uchuvchi (muz ustida raqs) Yelena Pavlovaga uylandi. Er-xotinning 2000-yil mart oyida dunyoga kelgan Makar ismli oʻgʻli bor. Hozir oila AQShning New Jersey shtatida istiqomat qiladi. Aleksandr va Yelena mahalliy muz maydonchasida mashq qilishadi.
2008-yilda Aleksandr Rossiya televideniyesining „Birinchi kanal“ ida efirga uzatilgan „Muzlik davri-2“ (Lednikoviy period-2) nomli koʻrsatuvida ishtirok etgan va u yerda aktrisa Anastasiya Makeeva bilan chiqish qilgan[1].
Musobaqalar \ Fasllar | 1998 — 1999 | 1999 — 2000 | 2000 — 2001 | 2001 — 2002 | 2002 — 2003 | 2003 — 2004 |
Qishki Olimpiya oʻyinlari | 5 | |||||
Jahon chempionatlari | 6 | 8 | 4 | |||
Yevropa chempionati | 4 | 4 | 2 | |||
Rossiya chempionati | 3 | 3 | 2 | 1 | ||
Gran-pri finali | 5 | 4 | 4 | |||
Gran-pri bosqichlari: Rossiya kubogi | 3 | 2 | 3 | 6 | ||
Gran-pri seriyasi bosqichlari: NHK Trophy | 5 | |||||
Gran-pri seriyasining bosqichlari: The Bofrost Cup on ice | 2 | 4 | 4 | 2 | ||
Gran-pri seriyasining bosqichlari: Skate America | 7 | 5 | 3 | 2 |
Musobaqalar \ Fasllar | 1990 — 1991 | 1992 — 1993 | 1993 — 1994 | 1994 — 1995 | 1995 — 1996 | 1996 — 1997 | 1997 — 1998 |
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati | 2 | 7 | 8 | ||||
Yevropa chempionati | 3 | ||||||
Rossiya chempionati | 4 | 4 | 18 | 7 | 4 | ||
Gran-pri seriyasi bosqichlari: NHK Trophy | 8 | ||||||
Gran-pri seriyasining bosqichlari: The Bofrost Cup on ice | 3 | ||||||
Gran-pri seriyasining bosqichlari: Skate America | 3 | 3 | |||||
Nebelhorn kubogi | 3 | 3 |
2008-yil — Jarkiy lyod — Maksim Voronin[2]