Alex Chiasson | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
1-oktyabr 1990-yil Montreal, Quebec, Kanada | ||
Boʻyi | 6 ft 4 in (193 cm) | ||
Ogʻirligi | 200 lb (91 kg; 14 st 4 lb) | ||
Pozitsiyasi | hujumchi | ||
Maydondagi joylashgan oʻrni | oʻng qanot | ||
AHL Sobiq jamoalar |
Grand Rapids Griffins Dallas Stars Ottawa Senators Calgary Flames Washington Capitals Edmonton Oilers Vancouver Canucks | ||
NHLga kirish drafti |
38-oʻrindagi tanlov, 2009 Dallas Stars | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2012—hozirgacha |
Alex Chiasson (talaffuzi: Aleks Chiasson) (1990-yil 1-oktyabrda tug‘ilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Alex Chiasson hozirda Amerika xokkey ligasi (AHL) vakili „Grand Rapids Griffins“ xokkey jamoasida o‘ynamoqda. U ilgari Milliy xokkey ligasida (NHL) „Dallas Stars“, „Ottawa Senators“, „Calgary Flames“, „Washington Capitals“, „Edmonton Oilers“ va „Vancouver Canucks“ xokkey jamoalarida faoliyat olib borgan edi.
Alex Chiasson Montreal shahrida tugʻilgan va Saint-Augustin-de-Desmaures shahrida oʻsgan[1]. Chiasson „Montreal Canadiens“ xokkey klubining yoshlar jamoasi safida tarbiyalangan[2]. Alex Chiasson 4 yoshida xokkey bilan shugʻullana boshlagan. Alex Chiasson 2003 va 2004-yillarda Quebec Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirlarida Montrealning Rive-Nord shahridagi kichik xokkey jamoasi bilan oʻynagan[3].
2012-yil 26-mart kuni Alex Chiasson „Dallas Stars“ xokkey klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. Shundan soʻng, Alex Chiasson klubning AHL filiali „Texas Stars“ xokkey klubi safiga yuborildi[4].
Alex Chiasson NHLdagi debyutini 2013-yil 3-aprelda klub safida „Anaheim Ducks“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi. Chiasson oʻzining NHLdagi birinchi golini 2013-yil 5-aprelda „Anaheim Ducks“ xokkey jamoasi darvozaboni Viktor Fasth darvozasiga kiritishga muvaffaq boʻldi[5].
Chiasson 2014-yil 1-iyulda blokbaster savdosida ishtirok etdi. Alex Chiasson Alex Guptill va Nicholas Paul bilan birga „Ottawa Senators“ xokkey klubiga hujumchilar Jason Spezza va Ludwig Karlsson evaziga almashtirildi[6]. Alex Chiasson 2014-yil 9-oktyabrda „Ottawa Senators“ klubi safidagi ilk oʻyinida gol urdi[7].
"Ottawa Senators" xokkey klubi 2016-yilning 27-iyunida Patrick Sieloff evaziga Alex Chiassonni „Calgary Flames“ xokkey klubiga almashtirdi[8]. Alex Chiasson cheklangan erkin agent sifatida „Calgary Flames“ xokkey klubi bilan bir yillik 800 000 dollarlik shartnomaga imzo chekdi[9]. Alex Chiasson 2016—2017-yilgi mavsumda klub safida 81 ta oʻyinda maydonga tushib, 24 ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi[10].
2017-yil 9-sentyabrda „Washington Capitals“ xokkey klubi Alex Chiasson bilan professional sinov shartnomasi (PTO) imzoladi. Yigʻin va mavsumoldi mashgʻulotlaridan soʻng, 2017-yilning 4-oktyabrida „Washington Capitals“ xokkey klubi Alex Chiasson bilan bir yillik 660 000 dollarlik shartnoma imzoladi[11]. Chiasson 2018-yilda „Washington Capitals“ xokkey klubi bilan birinchi Stanley kubogini qoʻlga kiritdi.
2018-yil 10-sentyabrda Alex Chiasson „Edmonton Oilers“ xokkey klubi bilan professional sinov shartnomasini imzoladi[12]. Shundan soʻng, Alex Chiasson „Edmonton Oilers“ klubi bilan 2018-yil 14-dekabrda „Philadelphia Flyers“ xokkey jamoasiga qarshi uchrashuvda maydonga tushdi.
2021-yil 12-oktyabrda Alex Chiasson yig‘indagi muvaffaqiyatli sinovdan so‘ng „Vancouver Canucks“ xokkey klubi bilan bir yillik 750 000 dollarlik shartnoma imzoladi[13]. 2021—2022-yilgi mavsumda Alex Chiasson „Vancouver Canucks“ klubi tarkibida 67 ta oʻyinda maydonga tushib, 22 ochko toʻpladi.
Muntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | ||
2005—2006 | Séminaire St-François Blizzard | QMAAA | 13 | 1 | 1 | 2 | 16 | 2 | 1 | 1 | 2 | 0 | ||
2006—2007 | Séminaire St-François Blizzard | QMAAA | 43 | 12 | 18 | 30 | 41 | 18 | 4 | 18 | 22 | 18 | ||
2007—2008 | Northwood School | HS-Prep | 45 | 35 | 46 | 81 | 26 | — | — | — | — | — | ||
2008—2009 | Des Moines Buccaneers | USHL | 56 | 17 | 33 | 50 | 101 | — | — | — | — | — | ||
2009—2010 | Boston universiteti | HE | 36 | 7 | 12 | 19 | 28 | — | — | — | — | — | ||
2010—2011 | Boston universiteti | HE | 35 | 14 | 20 | 34 | 75 | — | — | — | — | — | ||
2011—2012 | Boston universiteti | HE | 38 | 15 | 31 | 46 | 67 | — | — | — | — | — | ||
2011—2012 | Texas Stars | AHL | 9 | 1 | 4 | 5 | 9 | — | — | — | — | — | ||
2012—2013 | Texas Stars | AHL | 57 | 13 | 22 | 35 | 43 | 7 | 2 | 1 | 3 | 4 | ||
2012—2013 | Dallas Stars | NHL | 7 | 6 | 1 | 7 | 0 | — | — | — | — | — | ||
2013—2014 | Dallas Stars | NHL | 79 | 13 | 22 | 35 | 38 | 6 | 1 | 1 | 2 | 2 | ||
2014—2015 | Ottawa Senators | NHL | 76 | 11 | 15 | 26 | 67 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
2015—2016 | Ottawa Senators | NHL | 77 | 8 | 6 | 14 | 45 | — | — | — | — | — | ||
2016—2017 | Calgary Flames | NHL | 81 | 12 | 12 | 24 | 46 | 4 | 0 | 0 | 0 | 2 | ||
2017—2018 | Washington Capitals | NHL | 61 | 9 | 9 | 18 | 26 | 16 | 1 | 1 | 2 | 4 | ||
2018—2019 | Edmonton Oilers | NHL | 73 | 22 | 16 | 38 | 32 | — | — | — | — | — | ||
2019—2020 | Edmonton Oilers | NHL | 65 | 11 | 13 | 24 | 42 | 4 | 1 | 1 | 2 | 0 | ||
2020—2021 | Edmonton Oilers | NHL | 45 | 9 | 7 | 16 | 33 | 3 | 1 | 0 | 1 | 0 | ||
2021—2022 | Vancouver Canucks | NHL | 67 | 13 | 9 | 22 | 24 | — | — | — | — | — | ||
NHL jami | 631 | 114 | 110 | 224 | 353 | 37 | 4 | 3 | 7 | 8 |