Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Tavallud sanasi | 20-iyun 1998-yil | ||
Tavallud joyi | Shvetsiya | ||
Boʻyi | 1.88 m | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Vllaznia | ||
Raqami | 10 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Rinia IF | |||
–2016 | Falkenbergs FF | ||
2016 | Örebro | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2016–2021 | Örebro | 5 | (0) |
2019 | → IFK Värnamo (ijara) | 18 | (1) |
2020 | → IK Frej (ijara) | 20 | (6) |
2022–2023 | Örebro Syrianska IF | 52 | (18) |
2024– | Vllaznia | 8 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2024-yil 8-may uchun) |
Alfred Ajdarević (20-iyun 1998-yilda tugʻilgan) – kosovolik professional futbolchi, Albaniyaning „Vllazniya“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Alfred Shvetsiyada tugʻilgan, serb millatli futbolchi hisoblanadi. Uning ota onasi Serviyada istoqmat qilishgan ammo keyinchalik yaʼni 1992-yilda Shvetsiyaga koʻchib oʻtgan[1]. Albaniya manbalarining taʼkidlashicha, oilaning haqiqiy familiyasi Hajdari boʻlgan, ammo otasi Yugoslaviya chempionatida oʻynagani uchun uni „Ajdarević“ deb oʻzgartirgan[2]. Uning otasi Agim Ajdarevich 1980 va 1990-yillarda Yugoslaviya Birinchi Ligasida ishtirok etadigan FK Spartak Subotica jamoasi aʼzosi boʻlgan va keyinchalik Agim 1992-yilda Shvetsiyaga koʻchib oʻtganida, u Falkenbergs FF bilan shartnoma tuzgan. Uning katta akasi Astrit ham otasi kabi Falkenbergs FFning oʻyinchisi boʻlgan va Rinia IF jamoasida ilk faoliyatini boshlagan[3]. Uning boshqa akasi Arben ham futbolchi[4][5].
Ajdarević oʻzining yoshlik faoliyatini Rinia IF jamoasida boshlagan, u yerdan Falkenbergs FF jamoasiga koʻchib oʻtgan[6]. Keyin 2016-yil 5-iyulda u akasi Astrit Ajdarevichga qoʻshilgan va Örebro SK bilan shartnoma imzolagan[7].
U 2016-yil 23-iyulda sobiq jamoasi Falkenbergsga qarshi oʻyin uchun Örebro SK jamoasining asosiy tarkibiga kiritilgan va u yerda butun oʻyin davomida zaxira oʻrindigʻida qoldirilgan[8]. U professional futboldagi debyutini 2016-yilning 6-noyabr kuni „Elfsborg“ jamoasiga qarshi oʻyinda Mayk Sema oʻrniga 76-daqiqada zaxiradan maydonga tushish orqali amalga oshirgan[9].
2021-yil 30-iyunda Ajdarević Örebro jamoasini tark etgan[10].
Ajdarević 2017-yilning 18—25-yanvar kunlari Albaniyaning Durres shahrida boʻlib oʻtgan yigʻin uchun murabbiy Alban Bushi tomonidan 21 yoshgacha boʻlgan Albaniya milliy terma jamoasidan ilk xalqaro chaqiruv olgan. 2019-yilda u 21 yoshgacha boʻlgan Kosovo milliy terma jamoasiga chaqirilgan, ammo oʻyinda maydinga tushirlmasdan zaxira oʻrindigʻida qoldirilgan.