Ali Eid

Ali Eid (1940-yil 14-iyul – 2015-yil 25-dekabr) – livanlik siyosatchi. Alaviylar jamiyati rahbari boʻlgan[1]. Ali Eid 1972-yilda Arab demokratik partiyasiga asos solgan va vafotiga qadar ushbu partiya bosh kotibi lavozimida faoliyat yuritgan.

Yoshlik yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ali Eid Livanning Tarobulus ash-Shom shahrida tavallud topgan. Otasi Yusuf Eid bugʻdoy sotuvchisi, onasining ismi Amoun Eid boʻlgan. U oilada toʻngʻich oʻgʻil boʻlib, Tripolidagi Amerika maktabi sifatida tanilgan Tripoli Boys School (TBS)da oʻqishini boshlagan. Maktabda doimo aʼlo baholarga oʻqib, maktabning birinchi oʻrindagi oʻquvchilaridan boʻlgan.

Siyosiy martabasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1960-yilda Ali Eid biokimyo ixtisosligi boʻyicha Amerika Qoʻshma Shtatlarida oʻqishni davom ettirishga qaror qiladi. Eid tengdoshlari orasida vatanparvarligi va adolatparvarligi bilan mashhur edi. 1960-yilda u Livanga qaytib keladi va Bayrut Amerika Universitetida (AUB) siyosatshunoslik va davlat boshqaruvi (PSPA) yoʻnalishi boʻyicha tahsil oladi. Bayrutda oʻqish davomida Eid Livan siyosiy tizimining mamlakatda diniy mazhab va alaviylar xalqinining har qanday darajadagi huquqlardan mahrum qilishini aniqlaydi[2].

1972-yilda Ali Eidning siyosatga doir harakatlari Alaviy Yoshlar Harakatiga asos solinishi va Suriyaning marhum prezidenti Hofiz Asad bilan ittifoq tuzilishidan keyin boshlanadi. 1977-yilda Ali Eid bir guruh doʻstlari bilan „Vatanparvarlikka qarshi kurash fronti“ partiyasini tuzadi. Uning asoschilari Souhale Hamadah (Bosh kotib) Ali Eid as (vitse-prezident), Rashid Al-Mukadim, George Mourani va Nasib Al-Khatib boʻlgan. 1982-yilda esa Ali Eid bosh kotib boʻlgan Arab Demokratik partiyasi tuziladi.

1989-yilda Eid ogʻir judolikka uchraydi, uning oʻgʻli Zulfiqor Livandagi fuqarolar urushi paytida portlamay qolgan bomba tufayli vafot etadi.

Ali Eid 1991-yilda Livan parlamentida Taif kelishuvi asosida tashkil etilgan nusayriylar deputati etib tayinlanadi[3].

Ali Eid Livandagi Arab demokratik partiyasining bosh kotibi boʻlgan va uning partiyasi Livandagi fuqarolar urushi paytida Suriya tarafdori hisoblangan, boshqa Livan alaviylari esa urushda suriyaliklarning ishtiroki tufayli betaraf boʻlishgan. 1996-yilda Ali Eid alaviy parlamentining marhum deputati Ahmad Habous oʻrniga tayinlangan.

2010-yilda Ali Eidning Tripolidagi Jabal Mohsen shahridagi uyi yonidan portlovchi moddalar topiladi, keyinchalik demontaj qilinadi[4]. 2015-yil mart oyida Ali Eidning ukasi Bader Akkardagi Kuweikhat qishlogʻida oʻldiriladi[5][6].

2015-yilning 25-dekabrida Ali Eid 75 yoshida Suriyaning Damashq shahrida vafot etgani eʼlon qilingan[7].

  1. „As Safir Newspaper Archives“.
  2. „Lebanon's Alawi: A Minority Struggles in a 'Nation' of Sects | Al Akhbar English“ (2014-yil 26-fevral). 2014-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Alawite from Tripoli, Ali Eid was appointed to the newly-established Alawite seat in 1991.“
  4. „Grenades found near residence of Arab Democratic Party leader“ (2010-yil 28-yanvar). 2012-yil 15-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-may.
  5. „Gunmen kill brother of Alawite politician in Lebanon“. news.yahoo.com. 2019-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  6. „Brother of pro-Assad leader killed in northern Lebanon“ (en). Middle East Eye.
  7. „Ex-ADP chief Ali Eid dies in Syria at age of 75“. The Daily Star Newspaper - Lebanon.