Alisher Toʻychiyev

 

Alisher Toʻychiyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alisher Toʻychiyev
Tavallud sanasi 8-mart 1976-yil (1976-03-08) (48 yosh)
Tavallud joyi Tojikiston SSR
Boʻyi 180
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faolyatini yakunlagan
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Spitamen
Avtomobilist
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1995 Paxtakor Tojikiston
1996 Yangiyer 22 (0)
1997—1999 Nasaf 26 (0)
1999 Yangiyer 9 (0)
2000 Guliston 32 (0)
2002 Mashʼal 4 (0)
2007 Parvoz
2008—2009 Metallurg Bekobod 13
2010 Vaxsh
2011—2015 Xoʻjand
Milliy terma jamoa
2008—2016 Tojikiston 42 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Alisher Toʻychiyev (tojikcha: Алишер Тӯйчиев, Alişer Tūjciev,) — oʻzbek millatiga mansub tojik futbolchisi, darvozabon[1][2].

Klub faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolni Spitamen shahrining bolalar maktabi („Rodnik“ stadioni uchastkasi) jamoasida boshlagan, keyinchalik „Avtomobilist“ jamoasida toʻp tepgan. 1995-yilda bir guruh „Avtomobilist“ futbolchilari va yordamchi murabbiy Dostonbek Mamirov[3] bilan birgalikda Proletarskdan (Jabbor-Rasulovskiy tumani) „Paxtakor“ jamoasi safiga koʻchib oʻtdi va u yerda 1995-yilda Tojikiston kubogini qoʻlga kiritdi.

Professional futboldagi debyutini 1996-yilda O‘zbekistonning „Yangiyer“ klubida o‘tkazgan, keyinchalik „Nasaf“, „Guliston“, „Mashʼal“ va O‘zbekiston birinchi ligasi klublarida to‘p surgan. 2007-yilni Tojikistonning Bobojon-G‘ofurovning „Parvoz“ jamoasi tarkibida o‘tkazdi. Keyingi yili esa O‘zbekistonga qaytib, Bekobodning „Metallurg“ jamoasida o‘ynadi. 2010 yilda esa „Vaxsh“ darvozasini himoya qilgan.

2011-yildan buyon „Istiqlol“ darvozaboni boʻlib, uning tarkibida Tojikiston chempioni va kubogi sohibi, shuningdek, OFK Prezidenti kubogi sohibiga aylandi.

Bir necha bor, jumladan, 2013-yil[4], u Tojikistonning eng yaxshi darvozaboni sifatida tan olingan.

2016-yilda esa „Xoʻjand“ klubida o‘ynagan[5].

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2008-yilda Tojikiston terma jamoasi safida debyut qilgan, terma jamoa tarkibida 30 dan ortiq oʻyinda ishtirok etgan. 2014 yildan boshlab terma jamoa sardori[6]. 2016-yilning 24-martida Avstraliyaga qarshi safar o‘yinida 7 ta gol o‘tkazib yubordi[7].

Katta akasi Bahodir (1973-yil tugʻilgan) ham futbolchi boʻlgan, Tojikiston va Oʻzbekiston klublarida oʻynagan[8].