Alison Burton | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Ayol (F) |
Tavallud sanasi | 1921-yil 3-noyabr |
Vafot sanasi | 2014-yil 9-iyun |
Sport | |
Qaysi sport | Tennis |
Medallar | |
Alison Burton |
Alison Violet Burton (1921-yil 3-noyabr – 2014-yil 9-iyun) avstraliyalik chap qoʻl bilan oʻyanaydigan tennischi edi.[1] U va Joyce Wood 1938, 1939 va 1940-yillarda Avstraliya chempionatida (hozirgi Australian Open) qizlar oʻrtasidagi juftlik musobaqasida gʻolib boʻlishdi.[2]
Burton Avstraliyaning Melburn shahrida tugʻilib oʻsgan. U Huntingtower maktabida[3] va Melburn universitetida tahsil olgan.[4]
Maktab oʻquvchisi sifatida Burton 1938 va 1939-yillarda Wilson kubogi oʻyinlarida Viktoriya shtatini himoya qilgan. 1938 va 1939-yillarda u oʻsmirlar oʻrtasidagi Viktoriya chempionatida gʻolib chiqdi va Avstraliya chempioni boʻldi.[5]
1952-yilda u Mary Bevis Hawton bilan hamkorlik qildi va Avstraliya chempionatida ayollar oʻrtasidagi juftlik bahslarida finalga chiqdi.
1946-yil 17-sentyabrda[6] Burton Oksford, Angliya, Linkoln kolleji kapelida avstraliyalik tennischi Robert (Bob) Beyker bilan turmush qurdi.[7] Keyinchalik ular Tasmaniyaga, Beykerning vataniga qaytib kelishdi va Hobartda yashashdi. Ularning qizi Barbara Backer Federal tuman sudining sudyasi boʻlgan va 2021-yilda Tasmaniyaning 29-gubernatori etib tayinlangan.[8]
Burton 2014-yilda Janubiy Hobartda vafot etgan.[1]