Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Alou Kuol | ||
Tavallud sanasi | 5-iyul 2001-yil | ||
Tavallud joyi | Khartoum, Sudan | ||
Boʻyi | 1.84 m[1] | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | VfB Stuttgart II | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Shepparton Soccer Club | |||
2014—2017 | Goulburn Valley Suns | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2017—2019 | Goulburn Valley Suns | 47 | (28) |
2019—2020 | CCM Academy | 9 | (6) |
2020—2021 | Central Coast Mariners | 30 | (7) |
2021- | VfB Stuttgart II | 22 | (7) |
2022 | → SV Sandhausen (ijara) | 1 | (0) |
2022- | VfB Stuttgart | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2022- | Australia U23 | 6 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (13-sentabr 2022-yil uchun) |
Alou Kuol (2001-yil, 5-iyulda tugʻilgan) — avstraliyalik professional futbolchi, VfB Stuttgart klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.
Alou Kuol Xartumda tugʻilgan, ota-onasi janubiy sudanlik. Uning beshta kichik ukasi va Kuol ismli akasi bor, uning akasi uni dengizchilar akademiyasiga birinchi marta qoʻshilganida uni futbol oʻynashga undagan[2]. Kuolning oilasi uch yoshida Sudandan qochib ketishgan va Sidneyga kelishdan oldin bir yil Misrda yashashgan[3]. 2015-yilda Kuol Sheppartonga koʻchib oʻtdi va u yerda yoshlar futbol jamoasiga qoʻshildi, keyinroq oshxonada ham ishlay boshlagan edi[4].
Kuol oʻzining kattalar safidagi faoliyatini Victoria tomonidagi Goulburn Valley Suns jamoasining yoshlar jamoalaridan oʻtgazdi[5]. Kuol A-Liga klublari Melbourne Victory va Western United klublarida sinov muddatini oʻtadi, ammo ikkala klub bilan ham shartnoma imzolay olmadi, u bir haftadan soʻng Central Coast Mariners bilan shartnoma imzoladi va ikki haftadan kegin debyut oʻyinida 80-daqiqada zaxiradan maydonga tushis West United darvozasiga ikkita gol urdi[6].
Kuol Y-ligada oʻynash uchun Central Coast Mariners yoshlar jamoasi bilan shartnoma imzoladi[7]. Y-Liganing 2019-20-yilgi mavsumi yakunida Kuol Portugaliyaning Sporting CP klubi 19 yoshgacha boʻlganlar tarkibida sinab koʻrildi[8]. 2020-yil, 1-mart kuni Kuol A-Ligadagi West Unitedga qarshi bahsda debyut qildi va 73-daqiqada Josh Nisbet oʻrniga maydonga tushdi, ammo jamoasi 6:2 hisobida magʻlub boʻldi[9]. Bir necha kun oʻtgach, Kuol Mariners bilan 2020-21-yilgi mavsum oxirigacha choʻzilgan katta stipendiya shartnomasini imzoladi[10]. U Mariners safidagi debyutini 2020-yil iyul oyida Newcastle Jets klubiga qarshi durang bilan yakunlangan oʻyinda oʻtkazdi[11] va oʻyindan keyingi intervyusi OAVning eʼtiborini tortdi[12].
2021-yil, 16-aprelda Kuol VfB Stuttgart bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. U zaxiradan maydonga tushgan dastlabki 13 ta oʻyinda 7ta gol urdi[13].
2022-yilning 31-yanvarida Kuol SV Sandhausen klubiga mavsum oxirigacha ijaraga berildi[14].
Kuol 23 yoshgacha boʻlgan Avstraliya terma jamoasidan 2022-yilgi OFK U-23 Osiyo kubogi uchun tanlangan tarkibga kiritilgan edi[15]. Avstraliyaning Iroqqa qarshi turnirdagi ikkinchi oʻyinida Kuol chayon zarbasi bilan hisobni ochdi. Oʻyin durang bilan yakunlandi[16].
Kuolning ukasi Garang Central Coast Mariners jamoasida oʻynaydi va jamoadagi debyutida gol urgan[17].
Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Goulburn Valley Suns | 2017 | NPL Victoria 2 | 5 | 0 | 0 | 0 | — | — | 5 | 0 | ||
2018 | NPL Victoria 2 | 15 | 6 | 2 | 0 | — | — | 17 | 6 | |||
2019 | NPL Victoria 2 | 26 | 22 | 1 | 0 | — | — | 27 | 22 | |||
Jami | 46 | 28 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 46 | 28 | ||
Central Coast Mariners | 2019-20 | A-League | 4 | 0 | 0 | 0 | — | — | 4 | 0 | ||
2020-21 | A-League | 26 | 7 | — | — | — | 26 | 7 | ||||
Jami | 30 | 7 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 30 | 7 | ||
Central Coast Mariners Academy | 2020[19] | NPL NSW 2 | 9 | 6 | — | — | — | 9 | 6 | |||
VfB Stuttgart II | 2021-22 | Mintaqaviy liga | 18 | 7 | — | — | — | 18 | 7 | |||
Sandhausen (ijara) | 2021-22 | 2. Bundesliga | 1 | 0 | 0 | 0 | — | — | 1 | 0 | ||
Karyera jami | 104 | 48 | 3 | 0 | 0 | 0 | !0 | 0 | 107 | 48 |
Individual