Andkhoy tumani | |
---|---|
tuman | |
36°57′0.0″N 65°7′0.1″E / 36.950000°N 65.116694°E | |
Mamlakat | Afgʻoniston |
Vaqt mintaqasi | UTC+4,30 |
|
Andxoʻy tumani – Afgʻonistonning Faryob viloyatidagi tuman. Tuman markazi Andxoʻy shaharchasi boʻlib, tumanda jami 81 ta qishloq bor. Tumanda koʻpchilik dehqonchilik yoki chorvachilik bilan shugʻullanadi[1].
Tuman hududidan 5 ta daryo oqib oʻtadi: Khani Chahar Bagh, Khwaja Du Koh, Dawlatabad, Qaramqol va Qurghan. Khwaja Du Koh Jouzjon viloyatida joylashgan boʻlib, ushbu tuman Turkmaniston bilan chegaradosh.
Aksariyat aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadi. Asosiy ekinlari bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori va kartoshka hisoblanadi. Tumanda sugʻorish tizimlari, oʻgʻitlar, pestitsidlar, savdo markazi yetishmaydi. Ammo u yerda Gilamdoʻzlik sanoati, charm fabrikalari, tikuvchilik, kashtachilik rivojlangan.
Tumanda 11 ta maktab mavjud, biroq ular yetarlicha mablagʻ bilan taʼminlanmagan.
Tumanda sogʻlomlashtirish markazlari, dorixonalar, 20 oʻrinli shifoxona mavjud boʻlsa-da, tez yordam mashinalari, malakali shifokorlar yetishmaydi.