Andrea Muzii | |
---|---|
Andrea Muzii 2019-yilgi IAM Eslab qolish boʻyicha Jahon Chempionatida | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavallud sanasi |
13-oktyabr 1999-yil Rim, Italiya |
Faoliyat yillari | 2019 – yildan |
Veb-sayti | andreamuzii.it |
Sport | |
Qaysi sport | Mnemonika |
Andrea Muzii (1999-yil 13-oktyabr) italiyalik sobiq spidkuber, 3 karra Eslab qolish boʻyicha Yevropa chempioni (1 klassik, 2 ML)[1][2], 2019-yilda IAM Eslab qolish boʻyicha Jahon chempioni va IAM da Eslab qolish boʻyicha jahon reytingdagi 1- raqamli sportchi[1][3]. Muzii IAM tashkilotining Eslab qolish boʻyicha Grandmaster of Memory-Gold unvoniga erishgan birinchi sportchisi hisoblanadi[1].
2021-yil12-sentyabrda Muzii 8594 ball bilan IAM tarixidagi eng yuqori umumiy ballni qoʻlga kiritgan, soʻngra 2021-yil oktyabr oyida 8858 ball bilan yana yuqori balni qoʻlga kiritdi va IAM rasmiy dunyo reytingida barcha davrlarning eng yuqori reytingiga koʻtarilib dunyo boʻyicha birinchi raqamli mnemonikachisiga aylangan. Muzii dunyo reytingida ikkinchi oʻrinda turadigan Eslab qolish ligasi[4][5], hamda 3 ML Opens gʻolibidir[6][7][8][9].
Andrea Muzii – 1999-yil 13-oktyabrda Italiyaning Rim shahrida tugʻilgan, hozir ham shu yerda yashaydi. Muzii Luiss universitetida menejment va kompyuter fanlari boʻyicha tahsil olgan. U Rimdagi Sapienza universiteti tibbiyot fakultetining birinchi kursini tugatmasdan oʻqishni tashlab ketgan.
Muzii tabiiy qobilyatga ega emasligini eʼlon qiladi[10], lekin u lokuslar usuli va Mnemonikaning asosiy tizimi kabi usullardan foydalangan[11]. YouTube videosida u oʻzining IQ darajasini 125-135 diapazonda ekanligini oshkor qilib, „bu unchalik yuqori emas“ deb oʻz natijalarini asosan mashgʻulotlar sabab boʻlganini bilan izohlagan[12].
Gʻalabalar
Klassik format
Eslab qolish boʻyicha liga