Andrew Gelman | |
---|---|
Tavalludi |
11-fevral 1965-yil Philadelphia, Pennsylvania |
Fuqaroligi | American |
Millati | American |
Sohasi | Statistics |
Ish joylari | Columbia University |
Taʼlimi |
Massachusetts Institute of Technology (SB) Harvard University (MA, PhD) |
Tezis sarlavhasi | Topics in Image Reconstruction from Emission Tomography |
Akademik rahbarlari | Donald Rubin |
Mukofotlari | COPSS Presidents' Award (2003) |
Veb-sayt | stat.columbia.edu/~gelman/ |
Andrew Eric Gelman talaffuzi: Endryu Erik Gelman[1] (1965-yil 11-fevralda tugʻilgan) — amerikalik statistik mutaxassis, Kolumbiya universitetining statistika va siyosatshunoslik professori.
Gelman 1986-yilda MITda matematika hamda fizika fanlari boʻyicha bakalavr darajasini oldi, oʻqish davomida Milliy xizmatlari uchun stipendiyaga ega boʻlgan. Shundan soʻning1987-yilda fan magistri va 1990-yilda Donald Rubin rahbarligida Garvard universitetining statistika boʻyicha falsafa doktori unvonini oldi[2][3].
Andrew Eric Gelman talaffuzi: Endryu Erik Gelman uch marta Amerika Statistika Assotsiatsiyasining eng yaxshi statistik dastur mukofotiga sazovor boʻlgan[4]. U Amerika Statistika Assotsiatsiyasi va Matematik Statistika Institutining saylangan aʼzosi. Bundan tashqari 2020-yilda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasining (AAAS) aʼzosi etib saylangan[5].
Gelman Matematika jihatidan erta rivojlangan yoshlarni oʻrganish ishtirokchisi[6]. Gelman 2002-yilda Karolin Rozentalga turmushga chiqdi[7] va uning uch farzandi bor[8].
Oʻz davrining mutahisi Psixolog Susan Gelman talaffuzi: Syuzan Gelman uning opasi, Karikaturachi Woody Gelman talaffuzi: Vudi Gelmanesa uning amakisi[9].
Gelman hozirda Kolumbiya universitetida siyosatshunoslik va statistika professori. Gelman statistik falsafa va usullarga, ayniqsa Bayes statistikasi[10] va hierarchical talaffuzi: ierarxik models katta hissa qoʻshgan[11]. U Stan statistik dasturlash asosini ishlab chiqishga rahbarlik qilgan.
Gelmanning statistik xulosaga boʻlgan yondashuv sitatistik ahamiyatga ega boʻlishni qidirishdan koʻra, oʻzgaruvchanlik va maʼlumotlar oʻrtasidagi bogʻlanishni oʻrganishga urgʻu beradi[12]. Gelmanning taʼkidlashicha, uning gipotezalarni sinab koʻrishga boʻlgan yondashuvini quydagicha aytdi, odatda statistik xulosalar uchun qilingan amalning „anʼanaviy nuqtai nazarga qarama-qarshi“[13]. Standart yondashuv nol boʻlgan gipotezani rad etish maqsadiga ega boʻlishi mumkin boʻlsada, Gelman rad etishdan koʻp narsani oʻrganish mumkin emasligini taʼkidlaydi. Boshqa tomondan, rad qilmaslik sizga nimanidir aytad: „u sizning tadqiqotingiz shovqinli ekanligini, tadqiqotda sizni qiziqtirgan narsani aniqlash uchun yetarli maʼlumot yoʻqligini aytadi — hatto tadqiqot mukammal bajarilgan boʻlsa ham hamda oʻlchovlar xolis boʻlsa va sizning namunangiz populyatsiyangizning vakili boʻlsa va boshqa tasdiqlar. Bu qandaydir foydali bilim boʻlishi mumkin, demak, siz shovqin boʻlishi mumkin boʻlgan qandaydir amalnini tushuntirishga harakat qilyapsiz.“ Gelman fanning kattaroq tasdiqlovchi va soxtalashtiruvchi paradigmalari kontekstida oʻz ish faoliyati haqida blog postini yozgan[14]. Gelmanning statistik xulosaga oʻziga xos yondashuvi uning asarlari, mashhur blogi hamda koʻplab nashr qilingan asarlarining asosiy takrorlanadigan mavzusidir[15].
Gelman siyosatshunoslik va statistikani jurnalistlar va jamoatchilik uchun yanada qulayroq qilish borasidagi sayharakatlari bilan mutahasislaridan ajralib turadi. U The Washington Post tomonidan chop etilgan „The Monkey Cage“[16] blogining asosiy mualliflaridan biri edi. Bu blog siyosat haqida xabardor sharhlar berishga va siyosatshunoslikni yanada qulayroq tushunilishga bagʻishlangan edi. Gelman bundan tashqari, ijtimoiy fanlardagi statistik amaliyotlar bilan shugʻullanadigan oʻz blogini ham yuritadi. U tez-tez Bayesian statistikasi, maʼlumotlarni koʻrsatish hamda ijtimoiy fanlardagi qiziqarli tendentsiyalar haqida yozadi The New York Times gazetasidagi maqolalarga koʻra, blogda „u fanlardagi eng yaxshi statistik amaliyotlar haqida oʻz fikrlarini eʼlon qiladi va u bemani va ilmiy boʻlmagan maʼlumotlarga tez-tez urgʻu beradi… U etarlicha hurmatga sazovor, uning yozuvlari sevib oʻqiladi; u oʻzining koʻplab tanqidlari kuchli schadenfreude tuygʻusi bilan zavqlanadigan darajada kechadi“. Gelman kamyob boʻlgan uslubiy ishlarning taniqli tanqidchisi boʻlib, u bunday ishlarni replication crisis hissa qoʻshayotganini aniqlaydi[17].
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format ()