Andrey Shariy | |
---|---|
Tavalludi |
17-iyun 1965-yil |
Kasbi | jurnalist |
Ijod qilgan tillari | Rus tili |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya |
Faoliyat yillari | 1987-yildan hozirgacha |
Andrey Vasilyevich Shariy (1965-yil 17-iyun, Belogorsk, Amur viloyati, RSFSR) – sovet va rus jurnalisti, radio boshlovchisi, yozuvchi, media menejeri. „Ozodlik“ radiosining rus xizmati direktori.
Andrey Shariy harbiy oilada tavallud topgan, bolaligi Moskvada oʻtgan. 1987-yilda SSSR Tashqi ishlar vazirligi MGIMO universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. Moskvadagi „Pravda“ (1987–1990) va „Rossiya“ (1990-1994) gazetalarida faoliyat olib borgan. 1992-yilda „Svoboda“ radiostansiyasi bilan hamkorlik qila boshlagan[1]. 1994-1996 yillarda mustaqil jurnalist, sobiq Yugoslaviya respublikalaridagi urush muxbiri boʻlgan (Zagreb, Xorvatiya). 1996-yildan Ozodlik radiosining axborot dasturlari boshlovchisi lavozimida faoliyat yuritgan (Praga, Chexiya). 2005-yildan beri „Vremya svobodi“ dasturining yakuniy soni muallifi va boshlovchisi, 2016-yildan esa Rossiya xizmati direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan. Uning oʻn beshdan ortiq kitoblari nashr etilgan. Maqolalar, ocherklar va insholari „ Inostrannaya literatura“, „ Neprikosnovenniy zapas“[2], „GEO“, „GEO-Traveller“, „ Chetire sezona“, „ Itogi“, „Vsemirniy sledopit“, " Pravozashitnik ", „Jurnalist“ nomli jurnallarda chop etilgan. „Alarum“ onlayn jurnalida[3] va boshqalarda, koʻplab rus gazetalarida, turli Yevropa nashrlarida[4] bir qancha asarlari chop etilgan. Hozirda Pragada yashaydi.