Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Andrew John Dowie | ||
Tavallud sanasi | 25-mart 1983-yil | ||
Tavallud joyi | Bellshill, Shotlandiya | ||
Boʻyi | 1.83 m | ||
Ampluasi | himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Caledonian Braves | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1999—2004 | Rangers | 1 | (0) |
2004 | → Brechin City (ijara) | 15 | (0) |
2004—2005 | Partick Thistle | 27 | (0) |
2005—2006 | Stranraer | 22 | (0) |
2006—2009 | Ross County | 99 | (5) |
2009—2013 | Dunfermline Athletic | 118 | (2) |
2013 | Partick Thistle | 5 | (1) |
2013—2017 | Queen of the South | 118 | (4) |
2017—2019 | Dumbarton | 50 | (2) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2004—2005 |
Shotlandiyaning 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar milliy terma jamoasi[1] | 8 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2020-yil 1-iyul 11:00 (utc) uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2013-yil 2-iyul uchun) |
Andrew John Dowie (talaffuzi: Endryu Jon Doui) (1983-yil 25-martda Bellshillda tugʻilgan) – shotlandiyalik professional futbolchi. Andrew Dowie „Caledonian Braves“ futbol jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi[2]. Andrew Dowie futbolchilik faoliyati davomida „Rangers“, „Brechin City“, „Partick Thistle“, „Stranraer“, „Ross County“, „Dunfermline Athletic“, „Queens of the South“ va „Dumbarton“ futbol klublarida oʻynagan.
Andrew Dowie oʻz faoliyatini yoshligida „Rangers“ futbol klubida boshlagan, shu vaqt ichida Andrew Dowie 2004-yilda „Brechin City“ futbol klubida ijara shartnomasi asosida oʻynagan[3]. Andrew Dowie „Brechin City“ futbol klubi safida „Linfield“ futbol klubiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida gol urgan[4].
„Rangers“ futbol klubini tark etganidan soʻng[5], Andrew Dowie „Partick Thistle“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[6]. „Partick Thistle“ futbol klubi safidagi birinchi golini Andrew Dowie Shotlandiya liga kubogi doirasida boʻlib oʻtgan „Dunfermline“ futbol klubiga qarshi oʻyinda kiritdi[7]. 2005-yil 13-aprelda jamoadoshi Steve Fulton bilan birga Andrew Dowie „Partick Thistle“ futbol klubi tomonidan „klub intizomini jiddiy buzgani uchun“ jamoa safidan chiqarilgan[8].
Keyin Andrew Dowie „Stranraer“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[9] va klub Shotlandiya Ikkinchi divizioniga tushib ketganidan soʻng, 2006—2007-yilgi mavsumda Andrew Dowie „Ross County“ futbol klubiga qoʻshildi[10]. „Ross County“ futbol klubida Andrew Dowie 2006-yil Shotlandiya challenge kubogi doirasidagi final oʻyinida gol urdi.
„Ross County“ futbol klubida uch yil oʻynagach, Andrew Dowie 2009-yilning may oyida „Dunfermline Athletic“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[11]. „Dunfermline“ futbol klubi 2010—2011-yilgi mavsumda Shotlandiya Birinchi divizionida gʻolib chiqdi va Shotlandiya Premer-ligasiga koʻtarildi. ammo keyingi mavsumda ular quyi ligaga tushib qolishdi. 2013-yil 29-martda Andrew Dowie faoliyatida ikkinchi marta „Partick Thistle“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[12]. Andrew Dowiening klub bilan imzolagan shartnomasi 2012—2013-yilgi mavsum oxirida uzaytirilmagan.
Andrew Dowie 2013-yil 1-iyulda „Queens of the South“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[13]. 2016-yilning 2-martida „Hibernian“ futbol klubi ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyin boshlanishidan oldin, Andrew Dowiega klub uchun 100 ta asosiy oʻyin oʻtkazganligi uchun klub esdalik sovgʻasi topshirildi[14]. Andrew Dowiening „Queens“ klubi bilan shartnomasi 2017-yilning may oyida uzaytirilmadi va shu sababli Andrew Dowie 4 mavsum davomida 147 ta oʻyinda maydonga tushib, klubni tark etdi[15].
2017-yil 12-iyun kuni Andrew Dowie Shotlandiya chempionati vakili „Dumbarton“ futbol klubiga bir yillik shartnoma asosida qoʻshildi[16]. Klubdagi birinchi mavsumida Andrew Dowie klubning yilning eng yaxshi futbolchisi[17] deb topildi va 2017—2018-yilgi Shotlandiya challenge kubugi doirasidagi final oʻyinida jamoa sardori boʻldi[18]. Andrew Dowie 2018-yilning may oyida klub bilan yangi shartnoma imzoladi[19].
Andrew Dowie 2020-yil iyun oyida „Caledonian Braves“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.
Klub | Mavsum | Liga | Shotlandiya kubugi | Liga kubugi | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Division | Oʻyinlar soni | Gollar soni | Oʻyinlar soni | Gollar soni | Oʻyinlar soni | Gollar soni | Oʻyinlar soni | Gollar soni | Oʻyinlar soni | Gollar soni | ||
Rangers | 2001—2002[20] | Shotlandiya Premer-ligasi | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 |
Brechin City | 2003—2004[21] | Shotlandiya Birinchi diviziyasi | 15 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 15 | 0 |
Partick Thistle | 2004—2005[22] | Shotlandiya Birinchi diviziyasi | 27 | 0 | 2 | 0 | 2 | 1 | 2 | 0 | 33 | 1 |
Stranraer | 2005—2006[23] | Shotlandiya Birinchi diviziyasi | 22 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 26 | 0 |
Ross County | 2006—2007[24] | Shotlandiya Birinchi diviziyasi | 36 | 2 | 1 | 0 | 2 | 0 | 3 | 1 | 42 | 3 |
2007—2008[25] | Shotlandiya Ikkinchi diviziyasi | 34 | 2 | 3 | 1 | 2 | 1 | 2 | 0 | 41 | 4 | |
2008—2009[26] | Shotlandiya Birinchi diviziyasi | 29 | 1 | 1 | 0 | 1 | 0 | 3 | 1 | 34 | 2 | |
Jami | 99 | 5 | 5 | 1 | 5 | 1 | 8 | 2 | 117 | 9 | ||
Dunfermline Athletic | 2009—2010[27] | Shotlandiya Birinchi diviziyasi | 32 | 0 | 3 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 37 | 0 |
2010—2011[28] | 26 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 28 | 0 | ||
2011—2012[29] | Shotlandiya Premer-ligasi | 30 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | — | 34 | 0 | ||
2012—2013[30] | Shotlandiya Birinchi diviziyasi | 30 | 2 | 2 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 35 | 2 | |
Jami | 118 | 2 | 7 | 0 | 7 | 0 | 2 | 0 | 134 | 2 | ||
Partick Thistle | 2012—2013 | Shotlandiya Birinchi diviziyasi | 5 | 1 | — | — | — | 5 | 1 | |||
Queen of the South | 2013—2014[31] | Shotlandiya chempionati | 28 | 2 | 0 | 0 | 3 | 0 | 3 | 0 | 34 | 2 |
2014—2015[32] | 34 | 2 | 3 | 0 | 2 | 0 | 3 | 1 | 42 | 3 | ||
2015—2016[33] | 29 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 33 | 0 | ||
2016—2017[34] | 27 | 0 | 1 | 0 | 6 | 1 | 4 | 0 | 38 | 1 | ||
Jami | 118 | 4 | 5 | 0 | 13 | 1 | 11 | 1 | 147 | 6 | ||
Dumbarton | 2017—2018[35] | Shotlandiya chempionati | 31 | 0 | 3 | 0 | 4 | 0 | 10 | 0 | 48 | 0 |
2018—2019 | Shotlandiya Birinchi ligasi | 19 | 2 | 1 | 0 | 4 | 0 | 2 | 0 | 26 | 2 | |
Jami | 50 | 2 | 4 | 0 | 8 | 0 | 12 | 0 | 74 | 2 | ||
Jami | 455 | 14 | 17 | 1 | 30 | 3 | 34 | 3 | 552 | 21 |