Ann Turkel
| |
---|---|
![]() Turkel Matt Helm (TV series), 1975-yil.
| |
Kasb(lar) | Aktrisa, model |
Faoliyat yillari | 1968-yildan hozirgi kungacha |
Turmush oʻrtogʻi | Richard Harris |
Ann Kathryn Turkel - amerikalik aktrisa va taniqli model. Mashhur aktyor Richard Harris bilan hamkorlik qilgani va unga turmushga chiqqanligi bilan tanilgan.
Turkel Yahudiy oilasida dunyoga kelgan va Manhattanda voyaga yetgan. U 16 yoshga yetganda Neighborhood Playhouseʼda Sanford Meisner va Amerika Musiqiy va Dramatik Akademiyasida Filipp Burton bilan birga oʻqigan[1]. Mana shu taʼlim dargohlari yosh Turkelning taniqli aktrisa boʻlib yetishishiga yordam bergan.
1960-yillarning oxirida aktrisa „American Vogue“ uchun suratga tushgan. Patrick Lichfield 1970-yillarning boshlarida Birlashgan Qirollik, Bagama orollari va Italiyada uning modellik chiqishlarini suratga oldi va ularni 1981-yilga kelib "The Most Beautiful Women" kitobiga kiritgan[2].
Turkel „Paper Lion“ (1968) filmida kichik rolni ijro etganidan soʻng, bosh rollarga taaklif etila boshladi. Birinchi asosiy roli 1974-yilda boʻlajak turmush oʻrtogʻi Richard Harrisning "99 and 44/100% Dead" filmidagi ijrosi boʻlgan. Keyinchalik ham ular filmlarda birgalikda arol ijro etishgan. "The Cassandra Crossing" (1976), "Rendezvous" (1977) va "Ravagers" (1979) shular jumlasidandir.
U 1982-yilda bir tele-shouda komiks qahramoni Modesty Blaisenitasvirlab, koʻpchilikning olqishiga sazovor boʻlgan.
Turkel va Harris 1974-yilda Beverly Hillsda turmush qurishgan[3]. Ularning oilaviy munosabatlari uzoqqa choʻzilmadi. 1982-yilga kelib, maʼlum sabablarga koʻra ajrashishdi. Ajrashganiga qaramay, Turkey va Xarris yaxshi doʻst boʻlib qolishgani muxlislarga maʼlum[4][5].