Anna Selezneva (ruscha: Анна Селезнёва 1990-yil 29-iyulda tugʻilgan) — rossiyalik model.
Anna Moskvada tugʻilgan boʻlib, uning otasi va onasi rus millatiga mansub boʻlgan. U 2007-yilda McDonald’s doʻkonida modellik boʻyicha birinchi chiqishlarini boshlagan. Oʻsha yilning oxirida u Parijdagi eng yaxshi agentlik bilan shartnoma imzolaganidan soʻng xalqaro modellik faoliyatini boshlaydi[1].
Selezneva Dries van Noten, Céline va Akrisning podium yoʻlaklarida birinchi chiqishlarini boshlagan. Keyin u Alexander Wang, Balmain, Chanel, Christian Dior, Diane von Furstenberg, Dolce & Gabbana, Elie Saab, Emanuel Ungaro, Fendi, Giambattista Valli, Gianfranco Ferre, Giorgio Armani, Gucci, Hermès, Jean Paul Gaultier, Lanvin, Louis Vuitton, Marc Jacobs, Oscar de la Renta, Ralph Lauren, Roberto Cavalli, Valentino, Versace, Yves Saint Laurent va boshqalar bilan hamkorlilda ishlay boshlaydi[2][3][4].
Selezneva koʻplab xalqaro moda jurnallarining, jumladan , Vogue Paris, Vogue Italia, Vogue Spain, Vogue Russia, Vogue Australia, Vogue Japan, Vogue China, Vogue Mexico, Vogue Thailand, Numéro, Numéro TOKYO, Allure (Rossiya) muqovalarida tasvirlangan. Harper’s Bazaar (Germaniya, Koreya), Elle (Ispaniya, Argentina), Intervyu (Germaniya), Tatler (Rossiya), Magazine Antidote, MIXT(E), S Moda, V Magazine. U shuningdek, American Vogue, British Vogue, Vogue Germany, iD, Harper’s Bazaar, Muse jurnali, Self Service, The Last Magazine, Glamour (Rossiya), Porter Magazine kabi jurnallarning birinchi muqovalarida chiqqan[5][6].
Selezneva Beymen Club, Massimo Dutti, Blumarine, Calvin Klein Collection, Cesare Paciotti, Emporio Armani, Fay, Guerlain „Aqua Allegoria“ fragrance, Hogan, Hunkydory, John Galliano, Joop! Jeans, Juicy Couture, Mango, Marc OʻPolo, Massimo Dutti, Moussy, Phi, Pierre Balmain, Pinko, Ralph Lauren, Replay, Santa Lolla, Santoni, System, Tory Burch, Trussardi, Vera Wang „Look“ fragrance, Versace, Yves Saint Laurent „Elle Shocking“ fragrance kabi kompaniyalarning reklamalarida ishtirok etgan[7][8][9][10][11].
Vogue Paris Seleznevani 2000-yilning eng yaxshi 30 modellaridan biri deb eʼlon qilgan. Selezneva models.com saytida eng koʻp maosh oladigan modellardan biri hisoblanadi[12].
Selezneva psixologiya boʻyicha bakalavr darajasiga ega. U shuningdek Parijdagi Marangoni moda institutida tahsil olgan va modellik faoliyatini kamaytirganida oʻqishni davom ettirishni rejalashtirmoqda[1].