Anthony Wayne Van Leer | |
---|---|
Tavalludi |
3-mart 1783-yil |
Vafoti | 9-iyul 1863 |
Kasbi | temir ustasi |
Otasi | Samuel Van Leer |
Onasi | Hannah VanLeer |
Anthony Wayne Van Leer (3 mart, 1783 — 9-iyul, 1863) amerikalik temirchi va Dickson (Tennessee) dagi Cumberland Furnace (temir qizitish fabrikasi)ning egasi boʻlgan. U obroʻli Van Leer oilasining aʼzosi, Amerika inqilobiy urushi davomida Kontinental armiya kapitani boʻlgan Samuel Van Leer ning oʻgʻli va General Anthony Wayne ning jiyani boʻlgan. Vanleer, Tennessee shahri uning nomi bilan atalgan.
Van Leer 1783-yil, 6-aprelda Chester[1] da dunyoga kelgan[2]. U 1816-yil, 12-iyunda Rebecca Brady bilan turmush quradi va 7 farzandli boʻladi ammo ulardan faqat 2ta qizigina tirik qoladi.
1825-yilda Van Leer Tenessadagi temirchilik biznesiga pul tikishni boshlaydi va Cumberland Furnace ni hamkorlari[3] bilan birgalikda „markaziy Tenessaning temir ustasi“ nomi bilan mashhur boʻlgan Montgomery Bell dan sotib oladi[4]. Van Leer Tenessaning eng boy temir ustalaridan biriga aylanadi[5]. U 1840-yilgacha oʻz biznesi bilan 114 ta erksiz ishchilarni ish bilan taʼminlaydi[6]. Ishchilar qullik maʼqomiga ega boʻlishlariga qaramasdan erkak ishchilar 12$, ayol ischilar 5$ oylik maoshi bilan taʼminlangan[7].
Fuqarolar urushi davomida uning oilasining Ittifoq bilan yaqin aloqalari boʻlgan. Van Leerning temir qizdirish biznes faoliyati urushning qolgan qismi uchun 1862-yilda toʻxtatiladi. Ittifoq armiyasining dushmanga qoʻl keladigan binolar, yuqori haroratdagi isitish tizimiga ega boʻlgan korxonalarni yoʻq qilib yuborishlariga qaramasdan Cumberland Furnace buzib tashlanmadi[3]. Uning uyi esa Ittifoq armiyasi tomonidan shtab kvartirasi sifatida ishlatilgan.
Van Leer 1863-yil, 9-iyulda Nashville shahrida olamdan oʻtdi[1][8] va Cumberland Furnacening egalik huquqi uning nabiralari boʻlgan Vanleer Kirkman va Mary Florencega oʻtdi. Uning nabirasi Mary turmush oʻrtogʻi bilan birgalikda akasining korxonadagi ulushini sotib oladi. Maryning turmush oʻrtogʻi Ittifoq armiyasining kapitani lavozimida ishlagan. Korxona nabiralari boshqaruviga oʻtishiga qaramay barcha erksiz ishchilarga doimgidek miqdorda maosh toʻlanishi saqlanib qolgan[3].
Vanleer, Tennessee shahri uning sharafiga nomlangan[9][10]. Van Leer farzandlarining xonasining loyihasini yaratish uchun oʻz davrining mashhur arxitektori William Stricklandni ishga yollagan[11].
{{cite magazine}}
: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date=
(yordam)