Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Anvar Toʻxtayevich Berdiyev | ||
Tavallud sanasi | 11-noyabr 1978-yil | ||
Tavallud joyi | Qashqadaryo Oʻzbekiston SSR SSSR | ||
Boʻyi | 178 sm | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Raqami | 10 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1994 | Temiryoʻlchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1994—1995 | Temiryoʻlchi | - | (-) |
1995—1996 | Mashʼal | 48 | (11) |
1997—1999 | Nasaf | 45 | (33) |
2000—2013 | Neftchi | 345 | (164) |
2013—2015 | Bunyodkor | 22 | (5) |
2016—2018 | Andijon | 33 | (11) |
2018 | Neftchi | 12 | (1) |
2019 | Istiqlol | 6 | (3) |
Milliy terma jamoa | |||
1998—2003 | Oʻzbekiston | 5 | (2) |
Boshqargan klublari | |||
2019 | Istiqlol assist | ||
2020—2021 | Istiqlol | ||
2021 | Buxoro assist | ||
2021 | Turon assist | ||
2022 | Turon | ||
2023 | Shoʻrtan assist | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Anvar Toʻxtayevich Berdiyev (tugʻ: 1978-yil 11-may; Qashqadaryo, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek futbolchisi, hujumchi sifatida oʻynagan.
Anvar Berdiyev mehnat faoliyatini Temiryoʻlchida boshlagan.[1] „Mashal“ va „Nasaf“ klublarida oʻynagan. 2000-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga koʻchib oʻtib, eng katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 2001-yilda u Oʻzbekiston chempioni, 2012-yilda esa chempionatning eng yaxshi toʻpurarlaridan biri boʻldi.[2] 2012-yil 29-dekabrda IFFHS hali ham faol oʻyinchilar orasidan dunyoning eng muvaffaqiyatli Top-divizion toʻpurarlari roʻyxatini eʼlon qildi. Anvar Berdiyev faoliyati davomida 433 ta oʻyinda 205 ta gol urgan holda roʻyxatda 18-oʻrinni egalladi[3][4]. 2012-yil 31-dekabrda IFFHS oʻzining yangilangan roʻyxatini eʼlon qildi. Anvar Berdiev 240 gol bilan 326 nafar futbolchi orasida 296-oʻrinni egalladi.[5]
Anvar Berdiyev 225 ta gol bilan Oʻzbekiston chempionatlari tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlaridan hisoblanadi (2018-yil 23-oktyabr holatiga koʻra). 2012-yilning 13-sentyabr kuni „Qizilqum“ga qarshi oʻyinda 199 va 200-gollarni kiritdi va Oʻzbekiston chempionatida Zafar Xolmurodovdan keyin 200ta gol urgan ikkinchi futbolchi boʻldi.[6][7]
2013-yil 28-iyun kuni Anvar Toʻxtayevich „Neftchi“ni tark etib, „Bunyodkor“ klubiga oʻtdi va u bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi.[8][9] 2015-yilning yozida u „Bunyodkor“ni tark etdi va „Andijon“ bilan shartnoma imzoladi. „Andijon“ safida 11ta oʻyinda maydonga tushgan Berdiev 7ta gol urdi va „Andijon“ning Oʻzbekiston ligasida qolishiga katta hissa qoʻshdi. U 7 ta gol bilan „Andijon“ning mavsumdagi eng yaxshi toʻpurari boʻldi.
2018-yilning yanvar oyida Berdiev yana „Neftchi“ ga oʻtdi. 2018-yilning 12-iyun kuni u Oʻzbekiston Superligasidagi Andijon jamoasi safida 500-rasmiy oʻyinini oʻtkazib, 88-daqiqada „Neftchi“ darvozasini ishgʻol qildi.[10]
U 2019-yilda Fargʻonaning „Istiqlol“ klubida oʻynagan. 2019-yilning avgust oyida Berdiyev futbolchilik faoliyatini yakunlagani va murabbiylik faoliyatini Fargʻonaning „Istiqlol“ klubida Sergey Lebedevga yordamchi murabbiy sifatida boshlaganini eʼlon qildi. 2023-yildan Shoʻrtan klubi Bosh murabbiyi.[11]
1998-yil 24-aprelda u Ozarbayjonga qarshi oʻyinda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qildi. Hammasi boʻlib 5 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urdi.[12][13]
{{citation}}
: CS1 maint: date format ()