Apollonia (Sifnos)

Apollonia (shuningdek, Stavri deb ham ataladi[1]) — Gretsiyaning Kiklad orollaridagi Sifnos munitsipalitetida joylashgan qishloq. Bu orolning markazi (chora) va eng katta qishlogʻi boʻlib, 2011-yilgi Gretsiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra 869 nafar aholiga ega[2]. Qishloq Yunon mifologiyasidagi Apollon xudosi sharafiga nomlangan[1].

Umumiy maʼlumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Apollonia Sifnosning ichki qismidagi uchta balandlikning tepasida joylashgan. Apolloniada tugʻilgan taniqli shaxslar orasida satirik shoir hamda jurnalist Kleanthis Triantafyllopoulos[3] va Konstantinopollik Gregory VII bor[4]. Qishloqning markaziy maydonida folklor muzeyi joylashgan[1]. Apolloniada, shuningdek, koʻplab cherkovlar ham mavjud[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Απολλωνία Σίφνος“ (el). e-sifnos. Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.
  2. „Απογραφή Πληθυσμού-Kατοικιών 2011 - ELSTAT“. www.statistics.gr. 2020-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.
  3. „Πανδέκτης: Τριαντάφυλλος Κλεάνθης“. pandektis.ekt.gr. Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.
  4. „Οἰκουμενικόν Πατριαρχεῖον“. web.archive.org (2012-yil 11-aprel). 2012-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-oktyabr.