Arab News Network (ANN) Londondan sunʼiy yoʻldosh orqali efirga uzatiladigan arab yangiliklar kanali hisoblanadi.
ANN 1997-yilda tashkil etilgan[1]. Hozirda telekanal Suriya prezidenti Bashar al-Assadning birinchi amakivachchasi Sivar Asadga tegishli hisoblanadi[1]. Arab News Network telekanal demokratik islohatlar olib borilishi va inson huquqlarini himoya qilishni maqsad qilib olgan.
Stansiya 2004-yil noyabridan 2006-yil martigacha har kuni inglizcha yangiliklarni efirga uzatib kelgan, biroq 2006-yildan beri 2014-yilgacha faqat arab tilida eshittirishlar olib bordi. Dasturni olib tashlash istagi boshqaruvdagi oʻzgarishlarni aks ettirdi. Ribal al-Assad 2006-yildan 2010-yilgacha London byurosi direktori lavozimini egallagan. U ingliz tilidagi dasturlarni tomoshabinlar yetishmasligi sababli bekor qilishga qaror qildi. Biroq, 2010-yildagi soʻnggi boshqaruv oʻzgarishidan soʻng, yangi mulkdor Sivar al Asad arab tili bilan bir qatorda ingliz tilidagi dasturlashni qaytadan joriy etishga qaror qildi. 2014-yilda Sivar Bi-bi-sining Hardtalk dasturidan olingan “The English Hour”[2] deb nomlangan dasturni ishga tushirdi[3].
Arab News Network telekanal moliyaviy qiyinchiliklarga duchor boʻla boshladi, kanalda katta islohatlar olib borila boshlandi natijada kanalning imidji va dasturlarida oʻzgarishlar olib kirildi.
ANN avvallari Hotbird va Arabsatda efirga uzatilgan, endi esa Nilesatda efirga uzatilmoqda[4]. Arab News Network telekanali arab mamlakatlarida ijtimoiy va iqtisodiy siyosiy jarayonlarni sharhlab yoritib boruvchi eng yirik telekanallar sifatida qaraladi.
{{cite magazine}}
: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date=
(yordam)
{{cite magazine}}
: Cite magazine requires |magazine=
(yordam)