Arjun Babuta | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | erkak |
Fuqaroligi | Hindiston |
Tavallud sanasi |
1999-01-24 Jalalabad, Fazilka, Hindiston |
Faoliyat yillari | 2017–hozirgacha |
Boʻyi | 1.69 m |
Vazni | 67 kg |
Sport | |
Mamlakat | Hindiston |
Qaysi sport | Oʻq otish |
Faol tomoni | oʻnaqay |
Murabbiy(lar)i | Deepali Deshpande[1] |
Arjun Babuta hindistonlik sportchi mergan. U 10 metrga pnevmatik miltiqdan oʻq otish boʻyicha musobaqalarda qatnashib kelgan va 2017- yildan buyon Hindiston milliy terma jamoasi tarkibida oʻynaydi.[2]
Babuta 1999-yil 24-yanvarda Jalolobod shahrida tugʻilgan. Keyinchalik u Chandigarxga koʻchib oʻtib, u yerda merganlik boʻyicha faoliyatini davom ettirgan. U bakalavriat darajasini Chandigarhdagi DAV kollejida olgan va 2022-yildan boshlab Lovely Professional universitetida „Ommaviy kommunikatsiyalar va jurnalistika“ boʻyicha tahsil olib kelmoqda.[3][4]
Babuta 2016-yilda Gabala shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 10 metrga pnevmatik miltiqdan oʻq otish boʻyicha bitta oltin va bitta bronza medalini qoʻlga kiritadi.[5] 2017- yilda Yaponiyaning Vako shahrida oʻtkazilgan pnevmatik qurol boʻyicha 10-Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritgan.[6] Shuningdek, u Chexiya Respublikasining Plzen shahrida boʻlib oʻtgan 2017-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi 27-musobaqada kumush medalni va 2018 -yilda Sidneyda [7]boʻlib oʻtgan ISSF oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida bitta bronza medalini qoʻlga kiritdi. [8] U Changvonda boʻlib oʻtgan 2022-yilgi Jahon kubogida 10 metrga pnevmatik miltiqdan otishda ham shaxsiy, ham jamoaviy bahslarda oltin medallarni qoʻlga kiritadi. Oʻq otish boʻyicha 2023-yilgi Osiyo chempionatida Babuta 10 metrga pnevmatik miltiqdan otish boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritib, Hindistonga 2024-yilda Parijda boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. Shuningdek, u Divyansh Singx Panvar va Xriday Hazarika bilan oʻtgan jamoaviy bahslardada oltin medalni qoʻlga kiritadi.
2024-yilda Parijda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Babuta va Ramita Jindal juftligi 10 metrga pnevmatik miltiqdan otish boʻyicha aralash jamoaviy musobaqaning saralash bosqichida 28 jamoa orasida 6-oʻrinni egallab, medallar uchun kurasha olmadi. [9]