Artur Dmitriyev | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Toʻliq ismi | Artur Dmitriyev |
Davlat | Rossiya |
Boʻyi | 178 |
Shaxsiy rekordlari | |
Umumiy natija | 247.57 |
Qisqa dastur | 87.18 |
Erkin dastur | 163.11 |
Artur Arturovich Dmitriyev (ruscha: Арту́р Арту́рович Дми́триев; 1992-yil 7-sentyabrda Sankt-Peterburg, Rossiya) — yakka holda konkida ushish musobaqalarida qatnashuvchi rossiyalik figurali uchuvchi. 2011-yilda oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempioni. Rossiya sport ustasi[1], Rossiya xalqaro toifadagi sport ustasi[2].
2017-yil yanvar holatiga koʻra Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU)[3] reytingida 63-oʻrinda turadi. Artur Dmitriyev — Moskva davlat jismoniy tarbiya akademiyasining talabasi[4].
Artur Dmitriyev 2018-yilda Gran-pri turnirining Rostelecom Cup musobaqasida tarixda birinchi marta 4,5 burilishli aksel sakrashga harakat qilgan[5].
Artur 2014-yilgi Olimpiya mavsumidan soʻng kuzda Nice Cup turnirida qisqa dastur boʻyicha oʻz koʻrsatkichini yaxshiladi va umumiy hisobda ikkinchi oʻrinni egalladi. Noyabr oyi boshida, Latviya poytaxtida boʻlib oʻtgan Volvo kubogida qisqa dasturda muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi, ammo erkin dasturda jiddiy xatolarsiz chiqish qilib, oltinchi oʻrindan uchinchi oʻringa koʻtarildi[6]. Artur Rossiya chempionatida qisqa dasturdan soʻng 15-oʻrinni egalladi, ammo erkin dasturda jarohati tufayli turnirni tugatishga majbur boʻldi[7].
2014-yil yangi mavsumning ilk startidayoq Artur Avstriyada boʻlib oʻtgan turnirda birinchi oʻrinni egalladi. Shuningdek, u navbatdagi Tallinda oʻtkazilgan Volvo Cup turnirda birinchilardan boʻldi[8]. Artur 2016-yil fevral oyida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionati ishtirokchisi Petrovni ortda qoldirib, Sarayevo kubogini qoʻlga kiritdi[9]. Keyin esa Rossiya kubogi finalida gʻalaba qozondi.
May oyining oxirida Artur murabbiyini almashtirib, Ilya Klimkin murabbiyligiga oʻtdi[10]. Artur dekabr oyining boshida Olimpiya mavsumini boshlab, Zagrebning „Oltin konkisi“ 2017 (2017 Zlatna pirueta Zagreba) musobaqasida qatnashdi, musobaqada uning chiqishi muvaffaqiyatli boʻldi va bronza medalini qoʻlga kiritdi. Dekabr oyi oʻrtalarida Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan milliy chempionatda Artur beshinchi oʻrinni muvaffaqiyatli qoʻlga kiritdi[11]. Shunday qilib, u Rossiya terma jamoasida zaxira oʻyinchisi sifatida kiritildi.
Musobaqalar | 2017 — 2018 | 2018 —
2019 |
---|---|---|
Gran-pri bosqichlari: Rostelecom Cup | 11 | |
Nebelhorn Trophy | 3 | |
Zagrebning Oltin Konkisi | 3 | |
Rossiya chempionati | 5 | 9 |
Rossiya kubogi finali | 4 | 8 |
Rossiya kubogi bosqichlari. III bosqich | 3 | 1 |
Rossiya kubogi bosqichlari. V bosqich | 2 |
Musobaqa/Mavsum | 2009—2010 | 2010—2011 | 2011—2012 | 2012—2013 | 2013—2014 | 2014—2015 | 2015—2016 | 2016—2017 |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Gran-pri bosqichlari: Rostelecom Cup | 10 | |||||||
Gran-pri bosqichlari: Trophée de France | 9 | |||||||
Zagrebning Oltin Konkisi | 9 | |||||||
Nebelhorn Trophy | 4 | 6 | ||||||
Nice kubogi | 2 J. | 7 | 2 | |||||
Ice Challenge | 1 | |||||||
Volvo Open Cup | 3 | 1 | ||||||
Sarayevo kubogi | 1 | |||||||
Qishki Universiada | 4 | |||||||
Rossiya chempionati | 14 | 7 | 5 | 9 | 9 | WD | 10 | 8 |
Rossiya kubogi finali | 6 | 1 | 6 | |||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati | 7 | 8 | 14 | |||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Italiya | 4 | |||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Polsha | 2 | |||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Germaniya | 4 | |||||||
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari, Chexiya | 2 | |||||||
Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati | 2 | 1 | 2 |
WD — musobaqani tark etgan. J = oʻsmirlar darajasi