Atiri (grekcha: Αθήρι yoki Athiri Aspro — oq uzumning yunon navi. Rodos orolida Retsina navli qatronli vinoni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan, ertapishar, avtoxton (mahalliy) yunon uzum. Yunon vinochiligi Atirini eng yaxshi oq navlaridan biri deb biladi. Shuning barobarida, uzumni yigʻish sanasiga alohida eʼtibor qaratiladi. Chunki haddan tashqari pishgan uzumning ishqoriyligi sezilarli darajada kamayadi. Bu nav oʻzining „limonsimon“ xususiyati bilan ajralib turadi va Gretsiyaning boshqa hududlarida koʻpincha Assyrtiko vino uzum navi bilan aralashtiriladi[1]. Baʼzi hududlarda u Vilana va Ladikino navlari bilan aralashtiriladi.
Bu nav mahalliy boʻlib, kelib chiqishi Egey dengizi orollari bilan bogʻliq. Bugungi kunda nav, Rodos va boshqa Dodecanese orollaridan tashqari, Kiklad orollarida, Kritda, Markaziy Makedoniyaning Saloniki hududlarida va Xalkidiki yarim orolida, Boeotia, Euboea hamda Lakoniyada yetishtiriladi.
Bu nav yunon „sharoblarining kelib chiqish sertifikatiga“ ega boʻgan „Rhodes“[2] „Santorini“, „Playes Melitona“, „Topicos Agioritikos“, „Makedonikos“, „Lasithiotikos“, „Playes Vertiscu“ singari vinolarni ishlab chiqarishda ishlatiladi (gr. S. P. A. P.).. Ular Fransiyaning Appellation d’origine protégée kabidirlar.
Uzum yashovchanligi va yuqori mahsuldorligi bilan ajralib turadi. Mogʻorga (mogʻorga) yetarlicha qarshilik koʻrsatadi, lekin Oidiumga (Unicola necator) juda sezgirdir. U boshqa birga yetishtiriladigan navlar uchun kasallikka uchrashining koʻrsatkichi sanaladi.
Atiri Aspatiri, Aspatiro, Atiri Aspro, Atiri Lefko sinonimlari ostida ham tanilgan.