Axborot. Tarix. Nazariya. Oqim (inglizcha: The Information: A History, a Theory, a Flood - amerikalik tarixchi Jeyms Gleykning 2011 yil mart oyida nashr etilgan kitobi. Unda hozirgi axborot asrining kelib chiqishi haqida hikoya qilinadi. Kitob nashr etilganidan keyin u uch hafta davomida New York Times gazetasining bestsellerlari ro'yxatida turgan [1] .
Gleyk asarni Afrikadagi Yevropalik sayohatchilar haqidagi hikoyadan boshlaydi. Ular Afrikaliklarning qishloqlar o'rtasida va hatto uzoq masofalarga xabarlarni uzatish uchun "gapiruvchi barabanlardan " foydalanganini ko'rishadi. Gleyk bunday baraban signalizasiyasining axborot ulashish ta'siridan, shaharlararo telegraf va keyinchalik telefonning paydo bo'lishiga, G'arbning sanoat davrining tijorat va ijtimoiy istiqbollariga o'tadi. Ushbu texnologiyalarni takomillashtirish bo'yicha tadqiqotlar oxir-oqibat zamonaviy axborot texnologiyalariga olib keldi.
Ramziy yozuvni rivojlanish davridan boshlab, Gleyk axborot texnologiyalari rivojlanishining Markaziy intellektual kashfiyotlar tarixini o'rganadi. Jumladan, Klod Shennon, Charlz Bebbaj, Ada Bayron, Semyuel Morse, Alan Tyuring, Stiven Xoking, Richard Dokins kabi olim va ixtirochilar haqida batafsil ma'lumot beradi. Muallif, shuningdek, raqamli axborot fizika va genetika bilan bog'liq holda qanday qo'llanilini o'rganadi.
Gleyk, shuningdek, Vikipediya ni rivojlanayotgan Yangi Bobil sifatida gapiradi. Uning foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan keng mazmuni, jumladan, inklyuzivistlar va vandallar o'rtasidagi davomiy kurash oqibatlarini o'rganadi.
Gleykning fikricha, axborot oqimi insoniyat oldida yangi muammolarni keltirib chiqaradi. Uning ta'kidlashicha, biz hozir insoniyat tarixidagi har qanday vaqtdan ko'ra ko'proq o'z axborotlarimizni saqlashga urinayapmiz. Demakki, keraksiz ma'lumotlarni to'plashdan ko'ra uni o'chirishga ko'proq harakat talab etiladi.
Fantast yozuvchi Kori Doktorou o'z kitobida Gleykni "barcha davrlarning eng buyuk ilmiy yozuvchilaridan biri", "Olimlarning tarjimai holini yozuvchi emas, balki asl g'oyaning biografi" [2] deb atagan. Slate'dagi Tim Vu "nazariyaning aqlga sig'maydigan izohini" yuqori baholaydi, lekin Gleyk axborotning iqtisodiy oqibatlarini chuqurroq o'rganishi kerakligini ta'kidlab o'tadi [3] . The Guardian uchun maqolalar yozadigan Jan Pindar, kitob axborot ustidan ijtimoiy nazorat (senzura, tashviqot) va siyosiy hokimiyatga kirish o'rtasidagi munosabatlarni to'liq ko'rib chiqmaganini ko'rsatadi[4] .