Aydin Guseinov

Aydin Guseinov (ozarbayjoncha: Aydın Hüseynov), (1957-yil 31-avgust — 2003-yil 30-oktabr[1]) — Ozarbayjon shaxmatchisi. 1996-yilda FIDE xalqaro ustasi, 1998-yilda grossmeyster unvoniga sazovor boʻlgan.

U yoshligida „Burevestnik“ klubida shaxmat darslariga qatnay boshladi, xususan, GM Vladimir Bagirov guruhining jamoa aʼzosi edi. Bundan tashqari, u bir necha oy davomida GM Vladimir Makogonovning guruh darslarida qatnashdi. Bundan tashqari, Aydin Guseinov butun faoliyati davomida hech qachon shaxmat boʻyicha bitta ham murabbiyga ega boʻlmagan. 1978-yildan sport ustasi, 1995-yildan xalqaro usta, 1998-yildan xalqaro grossmeyster (Ozarbayjon tarixida 3-GM),199-6yilda shaxmat boʻyicha Yevropa jamoaviy chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan Ozarbayjon jamoasi tarkibida oʻynagan.. 1991-1996-yillarda Qatar shaxmat federatsiyasida murabbiy boʻlib ishlagan. 2003-yil 30-oktabrda 46 yoshida Bokuda vafot etdi[2][3].

Uning olia aʼzolari ham shaxmatchilar boʻlib ular ham turli turnirlarda ishtirok etishgan. Uning rafiqasi Elmira Aliyeva shaxmat boʻyicha 13 karra Ozarbayjon milliy chempioni, xalqaro usta va sport ustasi unvoniga erishgan birinchi ozarbayjonlik ayoldir. Uning oʻgʻli Elmir Guseinov xalqaro usta unvoniga ega, oʻsmirlar oʻrtasida bir necha karra Ozarbayjon chempioni, 2007-yilda shaxmat boʻyicha Ozarbayjon chempioni.

Aydin Guseynov Kavkaz chempionatlarida (Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya) va Butunittifoq chempionatida juda muvaffaqiyatli oʻynadi:

  • 1982-yil — Kavkaz chempionati (Ganja), 1-oʻrin
  • 1984-yil — Kavkaz chempionati (Tbilisi), 3-oʻrin
  • 1983-yil — „Urojay“ Butunittifoq chempionati, 1-oʻrin
  • 1987-yil — SSSR chempionati (Tyumen), 2-oʻrin
  • 1988-yil — SSSR chempionati (Ujgorod), 2-oʻrin
  • 1990-yil — SSSR chempionati (Herson), 2-oʻrin
  • 1996-yil — Ozarbayjon chempionati, (Boku), 1-oʻrin

Xalqaro turnirlar:

  • 1983-yil: Xalqaro turnir (Boku), 2-oʻrin (Nayjel Shortdan keyin)
  • 1984-yil: Xalqaro turnir (Chexiya), 1-oʻrin
  • 1988-yil: Xalqaro turnir (Polsha), 1-oʻrin
  • 1994-yil: Xalqaro turnir (Oʻzbekiston), 2-oʻrin
  • 1997-yil: Xalqaro turnir (Ozarbayjon, Zagulba), 1-2 oʻrin
  • 1998-yil: Xalqaro turnir (Turkiya, Anqara), 1-2 oʻrin
  • 1999-yil: Xalqaro turnir (Gretsiya, Afina), 2-4 oʻrinlar

Aydin Guseynov deyarli 30-yil davomida Ozarbayjonni jamoaviy turnirlarda muvaffaqiyatli himoya qilib kelmoqda:

  • 1974-yil — SSSR Spartakiadasi (maktablar oʻrtasida), 1-chi doskada 1-oʻrin (5,5 dan 7), 2-taxtada Garri Kasparov, umumiy hisobda 2-oʻrinni egalladi.
  • 1990-yil — SSSR Spartakiadasi, 2-taxtada 1-oʻrin (9 tadan 8 tasi)
  1. „Aidyn Guseinov“. Grandmaster Games Database. Qaraldi: 14-may 2015-yil.
  2. „Ушел из жизни известный азербайджанский шахматист“. Day.Az (1-noyabr 2003-yil).
  3. „Guseynov Aydin. Mejdunarodniy grossmeyster s 1998-go goda.“. 2017-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 19-avgust.