Aziz Shoxakimov — oʻzbekopera va simfonik dirijyori[1]. U hozirda Orchestre Philharmonique de Strasbourgda musiqa va badiiy rahbar sifatida ishlab kelmoqda[2].
Shoxakimov 1988-yil 3-oktabrda Toshkentda tugʻilgan, olti yoshida V.Uspenskiy nomidagi iqtidorli bolalar musiqa maktabiga oʻqishga kirgan, u yerda Vladimir Neymer bilan skripka, alta va orkestr dirijyorligi boʻyicha tahsil olgan[3].
Shoxakimov 13 yoshida Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestrida dirijyor sifatida debyut qilgan[4]. Shoxakimovning opera dirijyori sifatidagi debyuti Navoiy teatrida boʻlib oʻtdi va u yerda Bizet durdona asari Carmen spektakliga rahbarlik qildi[5].
2001-yilda Shoxakimov Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestriga dirijyor yordamchisi etib tayinlandi[6][7]. Uning isteʼdodi va layoqati 2006-yilda rezident dirijyor lavozimiga koʻtarilishiga olib keldi[8][9].
Toronto simfonik orkestri[14], Sietl simfoniyasi[15], Seul filarmoniyasi[16], Yomiuri Nippon simfonik orkestri, Frankfurt radiosi simfonik orkestri[1], Varsovia, RAI milliy simfonik orkestri, Fransiya milliy orkestri, Teatro Comunale di Bolonya[17], Bolshoy teatri, Opera de Parij[13], Komische Oper Berlin[18], Tekfen filarmonik orkestri va Bayerische staatsoper kabi butun dunyo boʻylab yetakchi orkestrlar va opera teatrlarida doimiy dirijyor sifatida ishlaydi.[3][10].
2014-yilda Shoxakimov Orchestre Philharmonique de Strasbourg bilan Maler va Shostakovich ijodiga bagʻishlangan dastur davomida ilk marta ishlagan[19]. Bu uchrashuv unda unutilmas taassurot qoldirdi va orkestr sozandalari haqida yuqori baho berib, ularni oʻz chiqishlarida „porlab turgan“ deb ta’rifladi[20].
2020-yil iyul oyida orkestr Shoxakimovni 2021-2022-yilgi mavsumdan boshlab, dastlabki shartnomasi 3 mavsumdan iborat boʻlgan navbatdagi musiqa direktori etib tayinlanganini eʼlon qildi[21]. 2022-yil noyabr oyida orkestr Shoxakimovning musiqa direktori sifatidagi shartnomasini 2026-yilgacha uzaytirishini eʼlon qildi.[22][23].